Mamlakatimizda keyingi besh yilda ijtimoiy adolat tamoyili asosidagi barqaror rivojlanish dasturi ishlab chiqildi va mazkur sohadagi faoliyat davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.
O‘zbekiston tarixida ijtimoiy soha bo‘yicha bunday keng ko‘lamli ishlar ilgari hech qachon bo‘lmagan.
Misol uchun, hozirgi vaqtda O‘zbekistondagi har 100 ta oilaga 162 ta televizor, 107 ta xolodilnik, 287 ta mobil telefon, 49 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelmoqda. Boshqacha aytganda, mamlakatimizdagi oilalarning qariyb yarmi shaxsiy avtomobiliga ega.
Yoki so‘nggi yillarda yurtimizda, ipoteka dasturlari doirasida 140 mingdan ortiq uy-joylar barpo etildi. Bu raqamni oldingi yillarga solishtirganda, 11 martadan ham ko‘p demakdir.
– Har qanday islohot quruq raqamlarda emas, balki, eng avvalo, aholining kundalik hayotida, uning dasturxoni va ro‘zg‘orida o‘z aksini topishi zarur. Bu – hayotiy haqiqat.
Barcha orzu-niyatlarimiz, mashaqqatli mehnatimiz, kechani – kecha, kunduzni – kunduz demasdan amalga oshirayotgan sa’y-harakatlarimiz – hamma-hammasi, bizga katta umid va ishonch bilan qarab turgan xalqimiz uchundir, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
O‘zA