Avval xabar qilinganidek, Toshkentda 14-15 may kunlari O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi o‘rtasida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 8-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Shu munosabat bilan Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzoda boshchiligidagi delegatsiya bugun, 14 may kuni mamlakatimizga keldi.
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.
Tashrif dasturidan Toshkent shahridagi bir qator sanoat ob’ektlari faoliyati bilan yaqindan tanishish o‘rin olgan.
Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston Respublikasi
Bosh vazirining Matbuot xizmati
Aʼlo Abdullayev(surat), OʻzA