Poytaxtimizdagi “Turkiston” saroyida “Oltin qalam” milliy mukofoti uchun XV tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi davom etmoqda.

“Eng yaxshi jurnalistik material uchun” nominatsiyasi bo‘yicha birinchi o‘ringa “kun.uz” internet sayti muxbiri Abror Zohidov internet tarmog‘ida mamlakatimiz hayotining turli sohalaridagi islohotlar tezkor va tahliliy yoritilgan materiallari uchun loyiq topildi.

Ikkinchi o‘ringa O‘zA bosh muharriri Abdujalol Taypatov ijtimoiy-ma’naviy mavzudagi materiallari uchun munosib ko‘rildi.

Uchinchi o‘rin Nuz.uz internet nashri muxbiri Oliya Taishevaga dolzarb mavzudagi tanqidiy-tahliliy materiallari uchun berildi

 

N.Usmonova, O‘zA