Poytaxtimizda “Oltin qalam” milliy mukofoti bo‘yicha tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimida quyidagilar rag‘batlantiruvchi nominatsiya g‘oliblari bo‘ldi.
“Inson huquqlari mavzusidagi eng yaxshi material uchun”:
“O‘zbekiston ovozi” gazetasi bo‘lim mudiri Ravshanboy Shodiyev;
“Eng yaxshi fotoreportaj” nominatsiyasida
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zA Fotoaxborot tahririyati fotomuxbiri Oqil G‘ulomov;
“Eng yaxshi matbuot xizmati” nominatsiyasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati g‘olib topildi.
Agentlik jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i – direktorining matbuot kotibi Sevara Zokirova.
N.Usmonova, O‘zA