– Xodimlar quyidagi hollarda ta’tilni uzaytirish yoki boshqa muddatga ko‘chirish huquqiga egadirlar:
vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrida;
homiladorlik va tug‘ish ta’tili muddati boshlanganda;
yillik ta’til o‘quv ta’tiliga to‘g‘ri kelib qolganda;
davlat yoki jamoat vazifalarini bajarayotganda, basharti qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda bunday vazifalarni bajarish uchun xodimni ishdan ozod etish nazarda tutilgan bo‘lsa.
Demak, yuqorida keltirilgan hollarda ta’tilni uzaytirish yoki boshqa muddatga ko‘chirishga ruxsat beriladi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 145- moddasi.
(Ushbu material TDYUUning “Yuridik klinika”si talabalari tomonidan o‘qituvchilar nazorati ostida tayyorlandi).
Gulnoza Boboyeva, O‘zA