O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi «Vaqf» xayriya jamoat fondi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy filiali tomonidan muborak Ramazon oyida qator xayriya tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Jumladan, filial tomonidan Chernobil atom stansiyasi avariyasi oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etib, halok bo‘lgan 32 nafar hamyurtimiz oila a’zolarining har biriga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.
– Avariya oqibatlarini bartaraf etishda Orolbo‘yidan 600 nafar kishi ishtirok etgan bo‘lsa, shundan 400 nafardan ziyodi nogiron bo‘lib qolgan, – deydi Chernobilchilar assotsiatsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi rahbari Qasim Bekbosinov. – Afsuski, ulardan 111 nafari hayotdan bevaqt ko‘z yumdi. Chernobil fojiasida talafot ko‘rgan fuqarolarni va shuningdek, vafot etganlarning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Muborak Ramazon oyida xayriya tadbirini o‘tkazayotgan «Vaqf» xayriya jamoat fondining ezgu ishlarini qo‘llab-quvvatlaymiz.
Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA