Diqqat, e’lon!

 

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan hamkorlikda xotin-qizlarni kasbga o‘rgatish, ularning bandligini ta’minlashga ko‘maklashuvchi nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasida grant tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovda qatnashgan xotin-qizlarni kasbga tayyorlash va ularning bandligiga ta’minlashga ko‘maklashuvchi nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini baholash va g‘oliblarni aniqlash quyidagi mezonlarga asosan belgilanadi:

a) NNTlar tomonidan kasb-hunarga o‘rgatish uchun o‘quv jarayonini tashkil etishda:

o‘quv dasturlarida o‘z biznesini tashkil etish va yuritish ko‘nikmalariga o‘rgatish, biznes-reja loyihalarini tayyorlash, bozor, soliq to‘lovlari, buxgalteriya hisobini yuritish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qitishlarni ko‘zda tutilganligi;

NNT faoliyatiga xalqaro grantlarni jalb qilganligi;

ish rejalarinining mavjudligi va belgilangan muddatlarda to‘liq va sifatli bajarilganligini har oy va yil yakunlari bo‘yicha tahlili, ijro intizomiga amal kilganligi;

ish uslublarini yaxshilash, rivojlantirish va yangiliklarni tadbiq etganligi;

o‘z vazifalarini bajarish bilan birga hamkor tashkilotlar bilan yaqin hamkorlik o‘rnatganligi, qo‘shimcha va jamoatchilik asosidagi ishlari;

b) tadbirkorlikka qiziqishi bor ayollarni o‘quvlarga jalb etish va ularga bilim berish jarayonida:

– o‘quv va dars jarayonlarini tashkil etish uchun sinfxonalar, mashg‘ulot xonalari va boshqa zaruriy ishlab chiqarish maydonlarining mavjudligi;

– o‘quv jihozlari va boshqa zaruriy vositalar bilan ta’minlanganligi;

– o‘quv mashg‘ulotlarda guruhlar to‘liqligi, tinglovchilarni o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashish davomati, mashg‘ulotlardagi faolligi bo‘yicha ko‘rsatkichlar;

– ishsiz aholi, birinchi navbatda qiyin axvoldagi xotin-qizlar, mehnat migrantlari va ularning oila a’zolari, ko‘p bolali ayollar, yolg‘iz ayollar, ota yoki onasidan ayrilgan qizlarni o‘quvlarga imtiyozli ravishda jalb qilganligi;

– tinglovchilarga bilim va ko‘nikmalarni berish uchun jalb qilingan o‘qituvchilarning salohiyati, jumladan, ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan tadbirkorlar, ilmiy martaba va unvonlarga ega bo‘lgan o‘qituvchilar jalb qilinganligi;

v) tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishga ko‘maklashishda:

o‘quv kurslarini bitirgan xotin-qizlardan tadbirkorlik faoliyatini tashkil etganlar ko‘rsatkichi, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun banklardan kredit olishda va mahallalardagi bo‘sh turgan binolardan joy ajratilishida berilgan yordamlar ko‘rsatkichi;

ishonchli hamkorlikni topish, minitexnologiyalar va uskunalar sotib olishda va ishlab chiqarilgan mahsulotlarining realizatsiya qilishiga ko‘maklashgan tadbirkor ayollar ko‘rsatkichchi;

markazlarda o‘qigan va tadbirkorlikni boshlagan xotin-qizlar tomonidan tashkil etilgan ish o‘rinlari ko‘rsatkichi;

norasmiy faoliyat yuritayotgan hunarmand ayollarga ro‘yxatdan o‘tish, “Hunarmand” uyushmasiga a’zo bo‘lish orqali soliqlar va boshqa turdagi imtiyozlardan foydalanishda hamda imtiyozli kredit olishda amaliy yordamlar ko‘rsatkichi;

– hududdagi mushkul iqtisodiy ahvolga tushgan ayollarni (ularni toifalarga ajratgan holda) mehnat bozorida talab etilayotgan kasblar bo‘yicha qayta tayyorlangan va ishga joylashtirilishiga ko‘maklashgan xotin-qizlar soni kabi ko‘rsatkichlar inobatga olinadi.

“Eng yaxshi xotin-qizlarni kasbga o‘rgatish, ularning bandligini ta’minlashga ko‘maklashuvchi nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasida granlarni e’lon qilish tartibi to‘g‘risidagi NIZOM bilan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining http://moqqv.uz/ hamda Bandlik va mehnat munosabatlari https://mehnat.uz/ rasmiy veb-saytida tanishish mumkin.

Grant tanlovida ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

1. Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati;

2. Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining rasmiy veb-sayti — http://moqqv.uz, telegram ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasi — https://t.me/mahallavaoilainfo hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining rasmiy veb-sayti — https://mehnat.uz da joylashtirilgan shaklda to‘ldirilgan davlat granti loyihasi uchun ariza;

3. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan Ustav (Nizomi) hamda guvohnomaning muhr bilan tasdiqlangan nusxasi;

Manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlari bilan tuzilgan ijtimoiy sheriklik qo‘shma rejalari ilova qilinishi mumkin.

Bitta loyiha uchun davlat granti miqdori – 30 mln. so‘m.

Tegishli hujjatlar 2021 yil 5 apreldan 30 aprelga qadar Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash vazirligi (100047, Toshkent shahri, Istiqlol ko‘chasi, 51-uy)ga “O‘zbekiston pochtasi” orqali muhrlangan konvertda (A4 formatda) yuborilishi zarur.

Shuningdek, tanlovda ishtirok etish uchun ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlar tanlov tashkilotchilariga tanlov ishtirokchisi tomonidan bevosita berilishi mumkin.

Belgilangan muddatdan kech topshirilgan hujjatlar qabul qilinmaydi hamda ko‘rib chiqilmaydi.

Ma’lumot uchun telefon:

Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash vazirligi — 71-55-501-04-61;

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi — 71-239-41-21(260 ichki)