Bugun poytaxtimizda futbol bo‘yicha “Lokomotiv” jamoasi mamlakat chempionati va kubok bahslarida bosh sovrinni qo‘lga kiritgani munosabati bilan klub a’zolarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, “Lokomotiv” Oliy liga bahslarida 70 ochko jamg‘arib mamlakat chempioniga aylangan bo‘lsa, O‘zbekiston kubogida barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratdi va bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, chempionatda jamoa hujumchisi Marat Bikmayev raqiblar darvozasiga 27 ta gol urib, musobaqa to‘p urariga aylandi. Taqdirlash marosimi soat 18:00 da boshlanadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA