Ma’lumki, koronavirus pandemiyasi dunyo mamlakatlari iqtisodiyoti va aholining turmush darajasiga qattiq zarba berdi.
“BKS Mir investitsiy” kompaniyasi tomonidan e’lon qilingan hisobotda qayd etilishicha, pandemiya davrida yevro valyutasi jamg‘arish uchun maqbul bo‘lgan eng munosib valyuta deb e’tirof etilgan.
Bunga esa pandemiya sharoitida dunyo mamlakatlari iqtisodiyotida kuzatilgan jiddiy inqirozga qaramasdan yevropa mamlakatlari iqtisodiyotida kuzatilgan tiklanish dinamikasining yuqoriligi asos qilingan.