Buyuk Britaniya farmatsevtika giganti “Astra Zeneca” va Oksford universiteti hamkorligida koronavirusga qarshi ishlab chiqilgan vaksina dunyodagi ilk bemor tanasiga yuborildi.
82 yoshli Brayan Pinker ushbu vaksinani birinchi bo‘lib olganidan mamnunligini va shu bilan birga hech qanday noqulaylik sezmaganini aytdi.
Sog‘liqni saqlash kotibi Mett Xenkokning ta’kidlashicha, mamlakatdagi ikkinchi tasdiqlangan koronavirusga qarshi vaksina Britaniya ilm-fanining jiddiy yutug‘idir.
“Dahshatli virusga qarshi kurashish yo‘lidagi muhim voqea sifatida mazkur vositaning amaliyotga tadbiq etilishi barchamiz uchun pandemiya ustidan qozoniladigan g‘alabaga umid baxsh etadi”, – deydi Xenkok.
Dekabr oyida ishlab chiqarilishi boshlangan ushbu preparat Pfizerning mRNA vaksinasiga qaraganda ancha arzon va saqlash uchun qulay. Ilk buyurtma miqdori 100 million dozani tashkil qiladi.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joiz, dastlabki 5 mingdan ortiq doza eng ehtiyojmand, zaif qatlamga tegishli fuqarolarni emlashga yo‘naltiriladi.
bugungi kungacha bir milliondan ortiq vaksina tadbiq etildi, keyingi oy ushbu ko‘rsatkichni sezilarli darajada oshirish rejalashtirilgan.
Ma’lumki, ushbu mamlakatda bir necha kundirki, 50 mingga yaqin kunlik kasallanish holati qayd etilmoqda. Shuningdek, virusning ikkinchi to‘lqini tarqalishi xavfi ham yo‘qolgan emas. Shu yulis, vaksina tarqatilayotganiga qaramay, inqiroz ham kuchayishda davom etyapti.
Ba’zi ekspertlar Buyuk Britaniya strategiyasini tanqid qilib, muammoni hal qilish uchun kelajakda emlash ko‘lamini kengaytirish o‘rniga, yuqumli kasalliklarni kamaytirish yo‘lida samaraliroq ishlash kerak, deb hisoblashmoqda.