Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2021 yilga mo‘ljallangan Murojaatnomasi taqdim etilmoqda.
Davlatimiz rahbari tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirilishi haqida to‘xtalib o‘tdi.
Xususiy mulk daxlsizligini ta’minlashga qaratilgan choralar ko‘riladi. Tadbirkorlarning yer-mulk solig‘ini to‘lash muddati yana bir yilga uzaytiriladi.
Tadbirkorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida 6 trillion so‘m kredit ajaratiladi.
Qishloqlarda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yuz million so‘m ajratiladi.
Tadbirlarni kompleks himoya qilishga qaratilgan “Tadbirkorlik kodeksi” ishlab chiqiladi.