O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 18 dekabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining videoanjuman shaklidagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin:
«MDHga a’zo davlatlar hamkorligi joriy yilda umuman olganda barcha yo‘nalishlar bo‘yicha rivojlanishda davom etdi. bugungi davlat Rahbarlari Kengashi sessiyasida tasdiqlash uchun tayyorlangan bitimlarning yirik to‘plami bularning dalili sifatida xizmat qiladi. Buning uchun o‘zbek do‘stlarimizga yana bir bor minnatdorchilik izhor etmoqchiman».
Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko:
«O‘zbekistonni Hamdo‘stlikka raislik qilayotgan davlat sifatida faol va samarali ishlari uchun bizning raisimiz Shavkat Miromonovichga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Bunday favqulodda vaziyatlar sharoitida o‘z vazifalarini bajargan o‘zbek do‘stlarimizning professionalligiga tan beraman».
Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchisi Talant Mamitov:
«O‘zbekiston tarafiga Qirg‘izistonda ikkita modullik yuqumli kasalliklar shifoxonasini qurilganligi munosabati bilan minnatdorchilik bildirmoqchiman…»
O‘zA