Oʻzbekiston Respublikasini uzoq muddatli istiqbolda rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari koʻrib chiqildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-oktyabr kuni maslahatchi Suma Chakrabarti ishtirokida mamlakatimizda islohotlar dasturini uzoq muddatli istiqbolda davom ettirishning strategik yoʻnalishlarini koʻrib chiqdi.

Chuqur va har tomonlama tahlil asosida, ilgʻor xalqaro amaliyot va tajribani hisobga olgan holda Oʻzbekistonda yangi oʻsish nuqtalarini aniqlash va yangilanishlarni samarali davom ettirishni taʼminlashga alohida eʼtibor qaratildi.

Xususan, mamlakatimiz iqtisodiyotining muhim tarmoqlarini modernizatsiya qilish va raqobatdoshligini oshirish, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va boshqaruv kadrlari sifatini tubdan oshirish, respublikada investitsiya va ishbilarmonlik muhitini takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlari koʻrib chiqildi.

 

O’zA