Belarus elchisi bilan uchrashuv

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Ilhom Neʼmatov Belarus Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Leonid Marinich bilan videokonferensaloqa shaklida uchrashuv oʻtkazdi.
Muloqot chogʻida siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi Oʻzbekiston – Belarus hamkorligig istiqboli yuzasidan fikr almashildi.
Boʻlajak qoʻshma tadbirlar jadvali, jumladan Ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisini hamda tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasidagi maslahatlashuv oʻtkazish masalasini koʻrib chiqildi.
Tomonlar xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi ikki va koʻp tomonlama hamkorlik masalalarini ham muhokama qilishdi.
Tashqi ishlar vazirligi
matbuot xizmati

 

OʻzA