“Oʻylashimcha ular maktablarni ochishi kerak. Maktab oʻquvchilari, yosh bolalar koronavirusga juda kam chalinadi“, – dedi u Kolorado va Shimoliy Dakota gubernatori bilan uchrashuvda.
Trampning taʼkidlashicha, yakuniy qarorni shtat gubernatorlari qabul qiladi. Biroq Oq uy rahbarining fikricha, agar maktablar ochilmagan boʻlsa, ushbu shtatlarda ahvol butunlay yaxshilandi, deb boʻlmaydi.
Donald Tramp maktab xodimlarining maʼlum yoshdagilari, yaʼni COVID-19 infeksiyasini yuqtirib olish ehtimoli yuqori boʻlgan keksa yoshdagi oʻqituvchilar ishga keyinroq chiqishi lozimligini qayd etgan.
AQSHda pandemiya tufayli maktablar yopilgan. Oʻquvchilar masofadan turib taʼlim olmoqda. Aksariyat shtatlarda ushbu tartib oʻquv yili oxirigacha uzaytirilgan.
OʻzA