Mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Afg‘oniston Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani 5 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi.
Oliy martabali mehmon hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi bo‘lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi.
Afg‘oniston Prezidenti Mustaqillik maydoni O‘zbekistonning tinchliksevar siyosati, xalqimizning bunyodkorlik va farovonlik yo‘lidagi ezgu intilishlarini aks ettiruvchi noyob majmua ekanini ta’kidladi. Maydonning o‘ziga xos manzarasi, chuqur mazmun-mohiyatiga yuqori baho berdi.
O‘zA