Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahridan yuzdan ortiq shaxmatchi turli yosh toifalarida «A» va «B» guruhlarida g‘oliblik uchun kuch sinashmoqda.

Turnirning dastlabki kunida «A» guruhida 22 ishtirokchi g‘alaba qozongan bo‘lsa, 12 shaxmatchi durang o‘ynadi. «B» guruhida 29 shaxmatchi o‘zining dastlabki g‘alabasiga erishdi, uch o‘yinda durang qayd etildi.

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA