Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

f a r m o n i

Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Keyingi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida muhim tashkiliy-huquqiy islohotlar amalga oshirildi. Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga, jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishga yoʻnaltirilgan tizimli choralar koʻrildi.

Islohotlarni amalga oshirish doirasida fuqarolarning huquq va manfaatlari himoya qilinishini, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligini, jamoat va parlament nazoratini taʼminlash mexanizmlari takomillashtirildi, shuningdek, huquqni muhofaza qilish va sud organlari faoliyatining huquqiy asoslari isloh qilindi.

Shu bilan birga, iqtisodiyotni yanada oʻstirish, xalq farovonligini oshirish, mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilash borasidagi strategik vazifalarni hal etish korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini taʼminlash hamda korrupsiya koʻrinishlarining sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish boʻyicha yangi tizimli choralar koʻrilishini taqozo qilmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini oshirish, eng yuqori darajadagi qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, mamlakatning xalqaro maydondagi ijobiy obroʻ-eʼtiborini oshirish maqsadida, shuningdek,2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq:

  1. Quyidagilar:

2019-2020 yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi (keyingi oʻrinlarda – Davlat dasturi) 1-ilovaga muvofiq;

Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi (keyingi oʻrinlarda – Idoralararo komissiya)ning yangilangan tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat birlashmalari
va boshqa tashkilotlar ikki oy muddatda Davlat dasturining har bir bandi boʻyicha maqsadlarga erishishdasamaradorlik indikatorlarini ishlab chiqsin va Idoralararo komissiya bilan kelishib olsin.

  1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalaridakorrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari boʻyicha qoʻmitalartashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

Idoralararo komissiya ikki oy muddatda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha namunaviy tadbirlarning idoraviy dasturini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari boʻyicha qoʻmitalariga muhokama qilish va kelishish uchun kiritsin.

  1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari, tuman va shahar xalq deputatlari Kengashlarining tarkibidakorrupsiyaga qarshi kurashish komissiyalarinitashkil etish tavsiya qilinsin, ularning zimmasiga:

joylarda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagiishlarning holatini kompleks oʻrganish;

joylarda korrupsiya koʻrinishlari namoyon boʻlishiga olib keladigan tizimli muammolar va korrupsiyaning holatitoʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari boʻyicha qoʻmitalariga ushbu sohadagi faoliyatni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritgan holda muntazam ravishda axborot berib borish funksiyalari yuklansin.

  1. Belgilab qoʻyilsinki:
  2. a)korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlarioʻrta muddatli istiqbolda quyidagilardan iborat:

sud hokimiyatining mustaqilligini yanada mustahkamlash,sudyalarga har qanday tarzda qonunga xilof ravishda taʼsir oʻtkazish shart-sharoitlarini istisno etish;

davlat xizmatchilarini tanlov asosida saralab olish, lavozimga tayinlash va yuqori lavozimlarga koʻtarishning shaffof tartibiga asoslangan davlat xizmati tizimini shakllantirish, ular uchun cheklovlar, taqiqlashlar, ragʻbatlantirish choralari hamda korrupsiyaning oldini olish boshqa mexanizmlarining aniq roʻyxatini belgilash;

davlat xizmatchilari daromadlarini deklaratsiya qilish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish va ularning ish haqi yetarli darajada boʻlishini taʼminlash, shuningdek, davlat xizmatini oʻtashda manfaatlar toʻqnashuvini hal etishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish;

korrupsiya bilan bogʻliq huquqbuzarliklar toʻgʻrisida xabar bergan shaxslarni himoya qilishning samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini joriy etish;

aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni kuchaytirish;

davlat organlari va tashkilotlarining hisobdorligi va faoliyatining shaffofligini oshirish;

fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari faoliyatining chinakam erkinligini taʼminlash va ularni korrupsiyaga qarshi choralarni tayyorlash, oʻtkazishda va ijrosini monitoring qilishda ishtirok etishga jalb qilish;

  1. b) idoraviy korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali dasturlarini amalga oshirish, ularning hisobdorligi va faoliyatining ochiqligi mexanizmlarini joriy etish, odob-axloq qoidalariga rioya etilishi va manfaatlar toʻqnashuvining oldi olinishini taʼminlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni bajarish orqalitegishli sohada korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga imkon yaratayotgan sabablar va shart-sharoitlarni tag-tomiri bilan yoʻqotishdavlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining birinchi darajadagi muhim vazifasi hisoblanadi.
  2. Belgilansinki:
  3. a) 2019-yil 1-iyuldan boshlab davlat organlarizimmaga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishda yuzaga keladigan korrupsiya xavf-xatarlarinivaqti-vaqti bilan majburiy baholab boradi, uning yakunlari boʻyicha:

korrupsiya xavf-xatariga eng koʻp duch keladigan davlat xizmatchilarining faoliyat sohalari va lavozimlari,shuningdek, ularning funksiyalari (vakolatlari)ning roʻyxatini shakllantiradi;

idoraviy korrupsiyaga qarshi kurashish dasturlariijrosining har choraklik monitoringini amalga oshiradi va korrupsiyaviy xavf-xatarlarni minimum darajaga tushirish choralarini koʻradi;

Idoralararo komissiya bilan kelishgan holda har yilgiidoraviy korrupsiyaga qarshi kurashish dasturlarinitasdiqlaydi;

har yili Idoralararo komissiyaga tegishli organlar va tashkilotlar faoliyatida, shu jumladan, qonunchilikni va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish orqali korrupsiya xavf-xatarlariga barham berish boʻyicha takliflarni kiritadi;

  1. b) davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari korrupsiya xavf-xatarlarini oʻz vaqtida aniqlamaganliklari va tegishli baho bermaganliklari, shuningdek,korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni takroran sodir etish holatlariga yoʻl qoʻyganliklariyuzasidanshaxsan javobgar boʻladi.
  2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi Bosh prokuratura bilan birgalikda:

yoshlarga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy taʼlim berish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va 2019-yil 1-sentyabrdan boshlab tatbiq etsin;

umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi va oliy taʼlim muassasalarining oʻquv dasturlarida korrupsiyaga qarshi mavzular yanada kuchaytirilishini taʼminlasin.

  1. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda, shu jumladan, texnik infratuzilmani va zarur dasturiy taʼminotni yaratishga oid zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutgan holdamuayyan toifadagi davlat xizmatchilarining mulki va daromadlarini deklaratsiya qilish tizimini bosqichma-bosqich joriy etishboʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
  2. Idoralararo komissiya (N.T.Yoʻldoshev):

2019-yil 1-avgustdan boshlab eksperiment tariqasida, jamoatchilik
va yetakchi ekspertlarni, shu jumladan, xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda dastlabki bosqichda kapital qurilish va oliy taʼlim sohalarida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirishni tashkil etsin, 2020-yil 1-apreldan boshlab loyihani boshqa sohalarga ham bosqichma-bosqich joriy etsin;

har yili 1-aprelga qadar tegishli sohalarda “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish yakunlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritsin.

  1. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar Davlat dasturining ijro etilishi holati toʻgʻrisida har chorakda Idoralararo komissiyaga axborot kiritilishini taʼminlasin.
  2. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish boʻyichamaxsus komissiya(keyingi oʻrinlarda – Maxsus komissiya) 3-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
  3. Quyidagilar maxsus komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:

korrupsiyaga qarshi kurashishga yoʻnaltirilgan jamoatchilik nazoratining amaliy choralarini va qoʻllanilayotgan huquqiy mexanizmlarning joriy holatini tahlil qilish;

korrupsiyaga va boshqa jinoyatlarga qarshi tizimli kurashish sohasida huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari, shu jumladan, ichki idoraviy nazoratni amalga oshiradigan boʻlinmalar faoliyatini tanqidiy oʻrganish;

korrupsiyaga qarshi kurashish va mazkur sohada idoralararo hamkorlik qilish, shuningdek, korrupsiya koʻrinishlarini sodir etish sabab va sharoitlarini aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqishda foydalanilayotgan mexanizmlarni tubdan qayta koʻrib chiqish;

korrupsiyaga qarshi kurashish va jamoat nazorati sohasida umum eʼtirof etilgan xalqaro standartlar va chet el ijobiy tajribasini oʻrganish.

  1. Maxsus komissiya (Z.Sh.Nizomiddinov):
  2. a)bir hafta muddatdaoʻrganishning tegishli yoʻnalishlari boʻyicha ishchi guruhlarning tarkiblarini hamda ularning ish rejalarini tasdiqlasin, shuningdek, ishchi guruhlarning samarali faoliyatini tashkil etsin;
  3. b)2019-yil 1-sentyabrga qadar:

huquqni muhofaza qilish organlarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini, shu jumladan, umumeʼtirof etilgan xalqaro standartlar va chet el ijobiy tajribasini inobatga olgan holda ushbu faoliyatni tashkil etish va mazkur yoʻnalishdagi funksiyalarini optimallashtirishda yagona yondashuvlarni joriy etish orqali tubdan takomillashtirish boʻyicha takliflarni;

korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida jamoatchilik nazorati mexanizmlarini samarali qoʻllashga yoʻnaltirilgan, shu jumladan, quyidagilarni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlar boʻyicha “Yoʻl xaritasi” loyihasini ishlab chiqsin va kiritsin:

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish;

huquqni muhofaza qiluvchi organlarning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari oldidagi hisobdorligi tartibini takomillashtirish;

qarorlar qabul qilish jarayonida fuqarolar ishtirokining shaffof va samarali usullarini joriy etish.

  1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi:

Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda davlat organlari, shu jumladan, mahalliy organlar tomonidan rasmiy veb-saytlar va “ishonch telefonlari”dan ular faoliyatining ochiqligini va axborot olish imkoniyatini taʼminlash vositasi sifatida foydalanishlari ustidan doimiy monitoringni amalga oshirsin;

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, ushbu Farmonning amalga oshirilishi uchun masʼul boʻlgan davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda ommaviy axborot vositalari va internet-resurslarda, shu jumladan, chet el ommaviy axborot vositalarida keng koʻlamdagi axborot-targʻibot ishlarini tashkil etish chora-tadbirlarini doimiy asosda amalga oshirib, ularda taniqli olimlar, davlat organlari rahbarlari hamda jamoatchilik vakillarining chiqishlarini nazarda tutsin hamda korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari boʻyicha brifinglar, internet-konferensiyalar, televizion koʻrsatuvlarda ularning ishtirok etishlarini taʼminlasin;

mazkur yoʻnalishda amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga hisobot berib borsin.

  1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
  2. Vazirlik va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu Farmonga muvofiqlashtirsin.
  3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh.Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2019-yil 27-mayOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

f a r m o n i

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA

2019-yil 27-may

OʻzA