O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari himoya qilinishini ta’minlash bilan bog‘liq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida

Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 18 fevralda

qabul qilingan

Senat tomonidan 2019 yil 28 fevralda

ma’qullangan

1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 14 iyunda qabul qilingan «Kooperatsiya to‘g‘risida»gi 295–XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991 yil, № 8,
193-modda; 1994 yil, № 2, 52-modda; O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 yil, № 9, 181-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017 yil, № 6, 300-modda) 3-moddasining 3-bandidagi «shuningdek surishtiruv» degan so‘zlar «shuningdek tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv» degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyulda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida»gi 632–XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992 yil, № 9, 338-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005 yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015 yil, № 8, 310-modda; 2016 yil, № 9, 276-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:

1) 21-modda ikkinchi qismining o‘zbekcha matnidagi «idoralariga» degan so‘z «organlariga» degan so‘z bilan almashtirilsin;

2) 33-modda birinchi qismining o‘zbekcha matnidagi «idoralari» degan so‘z «organlari» degan so‘z bilan almashtirilsin;

3) 34-modda to‘rtinchi qismining o‘zbekcha matnidagi «idorasi» degan so‘z «organi» degan so‘z bilan almashtirilsin;

4) 35-modda birinchi qismining o‘zbekcha matnidagi «idorasiga» degan so‘z «organiga» degan so‘z bilan almashtirilsin;

5) 36-modda birinchi va ikkinchi qismlarining o‘zbekcha matnidagi «idoralari» degan so‘z «organlari» degan so‘z bilan almashtirilsin;

6) 37-modda birinchi qismining o‘zbekcha matnidagi «idorasi» degan so‘z «organi» degan so‘z bilan almashtirilsin;

7) 41-moddaning matnidagi «idoralari» degan so‘z «bo‘linmalari» degan so‘z bilan almashtirilsin;

8) 42-modda o‘zbekcha matnining:

birinchi qismidagi «idoralari» degan so‘z «organlari» degan so‘z bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismidagi «idorasi» degan so‘z «organi» degan so‘z bilan almashtirilsin.

3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 3 iyulda qabul qilingan «Guvohlar, jabrlanuvchilar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarning qilgan xarajatlarini to‘lash tartibi va miqdorlari to‘g‘risida»gi 661–XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992 yil, № 9,
359-modda; 1994 yil, № 11–12, 285-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, № 6, 118-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:

1) 1-moddadagi «Surishtiruv organiga» degan so‘zlar «Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

2) 2-moddadagi «surishtiruv organiga» degan so‘zlar «tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

3) 5-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Ekspertlar, mutaxassislar va tarjimonlar bajargan ishlari uchun tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarning, surishtiruv
yoki dastlabki tergov organlarining qaroriga yoxud sudning ajrimiga binoan haq oladilar»;

4) 9-moddadagi «Surishtiruv organiga» degan so‘zlar «Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi» degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan «Prokuratura to‘g‘risida»gi 746–XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2001 yil 29 avgustda qabul qilingan 257–II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001 yil, № 9–10, 168-modda; 2003 yil, № 5, 67-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 6, 249-modda; 2008 yil,
№ 9, 487-modda, № 12, 636-modda; 2011 yil, № 4, 101-modda; 2012 yil,
№ 9/2, 244-modda; 2015 yil, № 8, 310-modda; 2016 yil, № 9, 276-modda; 2017 yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018 yil, № 4, 218-modda, № 7, 431-modda; 2019 yil, № 1, 1, 5-moddalar) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:

1) 4-moddaning beshinchi xatboshisi «tezkor-qidiruv faoliyatni» degan so‘zlardan keyin «tergovga qadar tekshiruvni» degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;

2) 8-moddaning birinchi qismi «tezkor-qidiruv faoliyatni» degan so‘zlardan keyin «tergovga qadar tekshiruvni» degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;

3) 28-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Qonunlarning jinoyatchilikka qarshi kurashishni amalga oshiruvchi organlar tomonidan ijro etilishi ustidan nazorat qilish jarayonida prokuror o‘z vakolatlari doirasida:

surishtiruv va dastlabki tergov organlaridan, shuningdek tergovga qadar tekshiruvni yoki tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlardan jinoyat ishlarini, tergovga qadar tekshiruv, tezkor-qidiruv faoliyati, surishtiruv va dastlabki tergov hujjatlari va materiallarini hamda boshqa ma’lumotlarni tekshirish uchun talab qiladi;

sodir etilgan yoki tayyorlanayotgan jinoyatlar haqidagi arizalar
va xabarlarni qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish hamda hal etish to‘g‘risidagi qonun talablarining ijrosini har oyda kamida bir marta tekshiradi;

tergovchilar va surishtiruvchilarning, shuningdek tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining qonunga xilof hamda asossiz qarorlarini bekor qiladi;

jinoyatlarni tergov qilish, ehtiyot chorasini tanlash, o‘zgartirish yoki bekor qilish, jinoyat tavsifini belgilash, ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish, ayrim tergov harakatlarini bajarish va jinoyat sodir etib yashiringan shaxslarni qidirish to‘g‘risida yozma ko‘rsatmalar beradi;

tergovga qadar tekshiruvni yoki tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga ushlash, majburiy keltirish, qidirish, tintuv o‘tkazish, olib qo‘yish to‘g‘risidagi qarorlarni va sudning qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash haqidagi ajrimini ijro etishni, boshqa tergov harakatlarini, shu jumladan prokurorning yoki prokuratura tergovchisining ish yurituvida bo‘lgan ishlar yuzasidan tergov harakatlarini bajarishni topshiradi, jinoyatlarni ochish va jinoyat sodir etgan shaxslarni topish uchun zarur choralar ko‘rish to‘g‘risida ko‘rsatmalar beradi;

surishtiruvda, dastlabki tergovda ishtirok etadi hamda zarur hollarda, jinoyat-protsessual qonunga muvofiq har qanday ish bo‘yicha ayrim tergov harakatlarini shaxsan bajaradi yoki tergovni to‘la hajmda amalga oshiradi;

surishtiruv, dastlabki tergov muddatini uzaytiradi, ehtiyot chorasi sifatida qamoqda saqlash yoki uy qamog‘i va ayblanuvchining tibbiy muassasada bo‘lishi muddatini uzaytirish to‘g‘risida sudga iltimosnoma kiritadi;

jinoyat ishlarini surishtiruv va dastlabki tergov organlariga qo‘shimcha tergov o‘tkazish to‘g‘risidagi o‘z ko‘rsatmalari bilan qaytaradi;

jinoyat ishini surishtiruv organidan tergovchiga, prokuraturaning bir tergovchisidan boshqasiga, jinoyat-protsessual qonunda belgilangan hollarda va tartibda esa bir dastlabki tergov va surishtiruv organidan boshqa dastlabki tergov va surishtiruv organiga o‘tkazadi;

surishtiruvchini yoki tergovchini, agar u ishni tergov qilish chog‘ida qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, surishtiruvni yoxud dastlabki tergovni davom ettirishdan chetlatadi;

qonunda nazarda tutilgan hollarda, tergov harakatlarini olib borishga sanksiya beradi, qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish haqida, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to‘g‘risida, murdani eksgumatsiya qilish haqida, pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash to‘g‘risida sudga iltimosnoma kiritadi yoki iltimosnomaga rozilik beradi; jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish haqida yoki jinoyat ishini amnistiya aktiga asosan tugatish to‘g‘risida sudga iltimosnoma
kiritadi;

jinoyat ishlarini qo‘zg‘atadi yoki ularni qo‘zg‘atishni rad etadi, jinoyat ishlarini tugatadi yoxud ular yuzasidan ish yuritilishini to‘xtatadi;

qonunda nazarda tutilgan hollarda tergovchining va surishtiruvchining ishni tugatishiga rozilik beradi;

ayblov xulosasini yoki ayblov dalolatnomasini yoxud qarorini tasdiqlaydi, ishni sudga yuboradi;

qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Prokurorning jinoyat-protsessual qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda bergan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazish,
jinoyat ishlarini qo‘zg‘atish va tergov qilish bilan bog‘liq ko‘rsatmalari tergovga qadar tekshiruvni va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv va dastlabki tergov organlari uchun majburiydir»;

4) 34-moddaning ikkinchi qismidagi «Ayblov xulosasini» degan so‘zlar «Ayblov xulosasini, ayblov dalolatnomasini» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

5) 43-moddaning birinchi qismi «tergovchilar» degan so‘zdan keyin «surishtiruvchilar» degan so‘z bilan to‘ldirilsin;

6) 49-moddaning birinchi qismidagi «va tergovchiga» degan so‘zlar «tergovchi va surishtiruvchiga» degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan «Surunkali alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka mubtalo bo‘lgan bemorlarni majburiy davolash to‘g‘risida»gi
753–XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993 yil, № 1, 36-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi,1995 yil, № 6, 121-modda; 1997 yil, № 2, 69-modda; 1998 yil, № 1, 17-modda; 1999 yil, № 1, 5-modda; 2001 yil, № 1–2, 23-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:

1) 2-modda ikkinchi qismining o‘zbekcha matnidagi «idoralarining» degan so‘z «organlarining» degan so‘z bilan almashtirilsin;

2) 3-moddaning o‘zbekcha matnidagi «idoralari» degan so‘z «organlari» degan so‘z bilan almashtirilsin;

3) 4-modda ikkinchi qismining o‘zbekcha matnidagi «idoralari» degan so‘z «organlari» degan so‘z bilan almashtirilsin;

4) 6-moddaning o‘zbekcha matnidagi «idoralari» degan so‘z «organlari» degan so‘z bilan almashtirilsin.

6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 10 dekabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida»gi 768–XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993 yil, № 1, 52-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005 yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010 yil, № 12, 473-modda; 2017 yil, № 6, 300-modda; 2018 yil, № 7,
431-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:

1) 8-moddaning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«ichki ishlar organlarida ijro etish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi ijro etilayotgan paytda ichki ishlar organlarining oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibidan bo‘lgan shaxslarning salom berishi – O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyruqlari bilan belgilanadigan qoidalar bilan»;

2) 11-moddaning o‘zbekcha matnidagi «idoralarida» degan so‘z «organlarida» degan so‘z bilan almashtirilsin.

7-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 7 mayda qabul qilingan 864–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Havo kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993 yil, № 6, 247-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 yil, № 3,
38-modda; 2000 yil, № 5–6, 153-modda; 2003 yil, № 5, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008 yil, № 7, 350-modda; 2012 yil, № 9/2, 246-modda; 2013 yil, № 4,
98-modda; 2014 yil, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015 yil, № 6, 228-modda; 2017 yil, № 4, 137-modda) 92-moddasining birinchi qismidagi «militsiya organlari» degan so‘zlar «ichki ishlar organlari» degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

8-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentabrda qabul qilingan 2012–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995 yil, № 1, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 yil, № 9,
144-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 5–6, 153-modda; 2001 yil, № 1–2, 23-modda,
№ 9–10, 165-modda; 2002 yil, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 1,
8-modda, № 9–10, 149-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi,
2005 yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006 yil, № 6,
261-modda, № 12, 656-modda; 2007 yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6,
248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008 yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010 yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011 yil, № 1, 1-modda;
2012 yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015 yil, № 6, 228-modda, № 8, 310,
312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017 yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar; 2018 yil, № 1, 4-modda, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430-modda, № 10, 679-modda; 2019 yil, № 1, 3, 5-moddalar) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:

1) 234-modda birinchi qismining dispozitsiyasidagi «surishtiruvchi» degan so‘z «tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

2) 238-modda birinchi qismining dispozitsiyasidagi «xuddi shuningdek bir tildan ikkinchi tilga bila turib noto‘g‘ri tarjima
qilish» degan so‘zlar «xuddi shuningdek tarjimonning bir tildan ikkinchi tilga bila turib noto‘g‘ri tarjima qilishi» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

3) 240-modda birinchi qismining dispozitsiyasidagi «Surishtiruv olib borish» degan so‘zlar «Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv olib borish» degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

9-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentabrda qabul qilingan 2013–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995 yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, № 12, 269-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil,
№ 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5,
124-modda, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 5–6, 153-modda, № 7–8,
217-modda; 2001 yil, № 1–2, 11, 23-moddalar, № 9–10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 5, 67-modda; 2004 yil, № 1–2,
18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 12, 418-modda; 2006 yil, № 6, 261-modda; 2007 yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008 yil, № 4, 177,
187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar;
2009 yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469,
470-moddalar; 2010 yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011 yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda,
№ 12/2, 363-modda; 2012 yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12,
336-modda; 2014 yil, № 9, 244-modda; 2015 yil, № 8, 310, 312-moddalar,
№ 12, 452-modda; 2016 yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12,
385-modda; 2017 yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda;
2018 yil, № 1, 1-modda, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430,
431-moddalar, № 10, 679-modda; 2019 yil, № 1, 3, 5-moddalar) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:

1) quyidagi mazmundagi 911914-moddalar bilan to‘ldirilsin:

«911-modda. Tergov harakatlarini videokonferensaloqa

rejimida o‘tkazish

Guvohlar, jabrlanuvchilar, gumon qilinuvchilar va ayblanuvchilar ishtirokidagi tergov harakatlari (so‘roq, shaxslarni va narsalarni tanib olish, yuzlashtirish) mazkur shaxslarni ular turgan joydagi yoki yashash joyidagi viloyatning yoki tumanning yoxud shaharning huquqni muhofaza qiluvchi organiga yoki sudiga chaqirgan, texnik vositalardan foydalangan holda videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilishi mumkin. Videokonferensaloqa jarayonida tergov harakati ishtirokchilari tergov harakati jarayoni va natijalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya orqali bevosita kuzatib boradi.

Tergov harakatlarini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tomonidan o‘z tashabbusi bilan yoxud jinoyat protsessi ishtirokchilarining iltimosnomasiga ko‘ra qabul qilinadi.

Tergov harakatlarini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazishda foydalaniladigan texnik vositalar va uskunalar quyidagi minimal talablarga javob berishi zarur:

tasvir sifati bo‘yicha – o‘lchami 1920×1080, sekundiga 50 ta kadr;

ovoz sifati bo‘yicha – chastota diapazoni 100-12 000 Gs;

axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha – VPN himoyalangan aloqa kanalidan foydalangan holda.

912-modda. Tergov harakatlarini videokonferensaloqa

rejimida o‘tkazish asoslari

Tergov harakatlari quyidagi hollarda videokonferensaloqa rejimida o‘tkaziladi:

1) shaxsning jinoyat ishini tergov qilayotgan organga yoki tergov harakati o‘tkazilayotgan joyga sog‘lig‘ining holatiga yoki boshqa uzrli sabablarga ko‘ra bevosita kelish imkoniyati bo‘lmaganda;

2) jinoyat protsessi ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash zarurati tug‘ilganda;

3) kechiktirib bo‘lmaydigan tergov harakatlari o‘tkazilganda;

4) tergov harakatini o‘tkazish qiyinlashishi yoki ortiqcha xarajatlar keltirib chiqarishi mumkinligi haqida asosli sabablar mavjud bo‘lganda.

Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan asoslar mavjud bo‘lganda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tegishli qaror chiqaradi.

913-modda. Tergov harakatlarini videokonferensaloqa

rejimida o‘tkazish shartlari va tartibi

Muayyan tergov harakatini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish haqida qaror qabul qilingan taqdirda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud jinoyat protsessining muayyan ishtirokchisini chaqirtirishni
va tergov harakatini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazishni tashkil etishni so‘rab tegishli organga ushbu Kodeks talablariga muvofiq topshiriq yuboradi.

Surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudning topshirig‘ini bajaruvchi mansabdor shaxs chaqirtirilgan jinoyat protsessi ishtirokchisining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini tekshirishi, uning ushbu Kodeksda nazarda tutilgan huquqlarini ta’minlashi va tergov harakati tugallanguniga qadar uning yonida bo‘lishi kerak.

Tergov harakatini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish uchun mutaxassislar jalb qilinishi mumkin.

Videokonferensaloqa rejimida so‘roq, shaxslarni yoki narsalarni tanib olish yoxud yuzlashtirish ushbu Kodeksning 96–108,
112–131-moddalari talablariga rioya etgan holda amalga oshiriladi. Tergov harakati ishtirokchilariga videokonferensaloqada ishtirok etayotgan shaxslarga savollar berish va ulardan javoblar olish, ushbu Kodeksda nazarda tutilgan protsessual huquqlar va majburiyatlarni amalga oshirish imkoniyati ta’minlanishi kerak.

914-modda. Videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilgan tergov

harakati jarayoni va natijalarini qayd qilish

Videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilgan tergov harakati jarayoni va natijalari elektron ma’lumotlarni tashuvchi tegishli vositalarga bayonnoma tuzilgan holda yoziladi va qayd etiladi.

Tergov harakatining bayonnomasi surishtiruvchi, tergovchi,
prokuror yoki sud va topshiriqni bajaruvchi mansabdor shaxs tomonidan tuziladi. Videokonferensaloqa materiallari bayonnomaga qo‘shib qo‘yiladi.

Tergov harakatining bayonnomasi ushbu Kodeksda nazarda tutilgan umumiy qoidalarga rioya qilingan holda tuziladi va unda jinoyat protsessi ishtirokchilari ko‘rsatuvlarining mohiyati aks ettiriladi.

Videokonferensaloqa yozuvining vaqti o‘tkazilgan tergov harakatining aniq vaqtiga mos kelishi kerak. Videokonferensaloqa jarayonidagi tanaffuslar yuzasidan izoh berilishi hamda ular videoyozuvda va bayonnomada aks ettirilishi kerak.

Videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilgan tergov harakati bayonnomasi surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud, topshiriqni bajarayotgan mansabdor shaxs hamda tergov harakatining boshqa ishtirokchilari tomonidan imzolanadi. Topshiriqni bajarayotgan mansabdor shaxs tomonidan tuzilgan bayonnoma surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga yuboriladi»;

2) 121-modda quyidagi mazmundagi uchinchi  oltinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:

«Jinsiy erkinlikka qarshi, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar savdosiga oid jinoyat ishlari bo‘yicha voyaga yetmagan guvohni
yoki jabrlanuvchini so‘roq qilish, shuningdek boshqa holatlarda so‘roq qilish, agar buni odil sudlovning yoki voyaga yetmagan shaxsning manfaatlari talab etsa, stenografiya, videokuzatuv, shuningdek audio-
va video qayd etish tizimlari bilan jihozlangan maxsus xonada qonuniy vakil, pedagog yoki psixolog ishtirokida o‘tkazilishi mumkin.

So‘roqni stenografiya, videokuzatuv, shuningdek audio- va video qayd etish tizimlari bilan jihozlangan maxsus xonalarda o‘tkazish tartibi surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud tomonidan belgilanadi.

Zarur bo‘lgan hollarda, himoyachi, voyaga yetmagan shaxsning qonuniy vakili, pedagog yoki psixolog savollarni surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudning ruxsati bilan qayta tuzish huquqiga ega, bunda savollarning mohiyati o‘zgartirilmaydi.

Voyaga yetmagan guvohni yoki jabrlanuvchini so‘roq qilish stenografiyasi, ular ko‘rsatuvlarining audio- va videoyozuvlari ushbu moddaga muvofiq bayonnomaga ilova qilinadi»;

3) 127-modda quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan to‘ldirilsin:

«Tanib oluvchining xavfsizligini ta’minlash maqsadida shaxsni tanib olish uchun ko‘rsatish surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning qaroriga ko‘ra tanib olinuvchining tanib oluvchini ko‘rib turishi istisno etiladigan sharoitlarda o‘tkazilishi mumkin. Bu holda xolislar tanib oluvchi turgan joyda bo‘ladi»;

4) 131-modda:

quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:

«Agar shaxsni tanib olish ko‘rib turishni istisno etadigan sharoitlarda o‘tkazilgan bo‘lsa, bayonnomaga bu haqda tegishli yozuv kiritilishi kerak»;

uchinchi va to‘rtinchi qismlari tegishincha to‘rtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;

5) 318-modda birinchi qismining 71-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«71) surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud majlisini videokonferensaloqadan foydalangan holda o‘tkazish chog‘ida qilingan xarajatlardan»;

6) 345-moddaning beshinchi qismidagi «278-moddasi ikkinchi
va to‘rtinchi qismlarida» degan so‘zlar «278-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

7) 361-modda birinchi qismining birinchi xatboshisidagi «tergovchi» degan so‘z «surishtiruvchi, tergovchi» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

8) 3812-modda birinchi qismining 1-bandidagi «278-moddasi birinchi va uchinchi qismlarida» degan so‘zlar «278-moddasi uchinchi
va to‘rtinchi qismlarida» degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

10-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995 yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996 yil, № 5–6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 4–5,

126-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 3, 38-modda, № 5–6,
102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9,
229-modda; 2000 yil, № 5–6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001 yil,
№ 1–2, 23-modda, № 9–10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9–10,
149-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006 yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007 yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008 yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010 yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6,
231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011 yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012 yil, № 4, 108-modda, № 9/1,
242-modda, № 12, 336-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341,
343-moddalar; 2015 yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017 yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9,
510-modda, № 10, 605-modda; 2018 yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431-moddalar, № 10, 673, 679-moddalar; 2019 yil, № 1, 1, 3,
5-moddalar) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:

1) 126-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Texnik reglamentga muvofiq bo‘lmagan ko‘zgusimon va (yoki) tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali transport vositalaridan, xuddi shuningdek haydovchining o‘rnidan tevarak-atrofni ko‘rishni cheklaydigan qo‘shimcha narsalar o‘rnatilgan yoki qoplamalar surtilgan transport vositalaridan foydalanish, bundan oynalar tusini o‘zgartirish (qoraytirish) uchun tegishli ruxsatnoma berilgan transport vositalari mustasno, –

eng kam ish haqining yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, –

eng kam ish haqining qirq baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi»;

2) 128-moddaning birinchi qismidagi «1283, 1285, 1286 va
130-moddalarida» degan so‘zlar «1283-moddasida, 1284-moddasining birinchi qismida, 1285, 1286 va 130-moddalarida» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

3) 1284-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«1284-modda.Transport vositalari haydovchilarining

svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yo‘l

harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi

ishorasiga bo‘ysunmasdan to‘xtash chizig‘ini

bosib kirishi va o‘tishi

Svetoforning taqiqlovchi signalida yoki yo‘l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasida yo‘lning qatnov qismidagi yo‘l chiziqlari yoki yo‘l belgilari bilan belgilangan to‘xtash chizig‘ini bosib kirish, –

eng kam ish haqining ikkidan bir baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yo‘l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmasdan o‘tishi, –

eng kam ish haqining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan o‘sha huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, –

eng kam ish haqining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan o‘sha huquqbuzarlik ma’muriy jazo ikki marta qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, –

transport vositasini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi»;

4) 194-moddaning:

nomidagi «Militsiya xodimining» degan so‘zlar «Ichki ishlar organlari xodimining» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

birinchi qismi dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Ichki ishlar organlari xodimining huquqbuzarlikni to‘xtatish, hujjatlarni tekshirish uchun taqdim etish, ichki ishlar organlariga borish yoki ko‘rsatilgan muddatda ichki ishlar organlarida bo‘lish to‘g‘risidagi qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaslik, transport vositasini to‘xtatish, jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatish haqidagi qonuniy talablarini bajarmaslik yoxud ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablariga boshqacha tarzda bo‘ysunmaslik, xuddi shuningdek jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlash vazifalarini amalga oshirayotgan boshqa shaxslarning qonuniy talablarini bajarmaslik»;

5) 195-moddaning:

nomidagi «Militsiya xodimlarining» degan so‘zlar «Ichki ishlar organlari xodimlarining» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Ichki ishlar organlari xodimining o‘z vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq qonuniy talablarini bajarmaslikka omma oldida har qanday shaklda da’vatlar qilish, xuddi shuningdek ichki ishlar organlari xodimlariga ommaviy ravishda bo‘ysunmaslikni keltirib chiqarish maqsadida bila turib soxta uydirmalarni tarqatish»;

6) 196-moddaning:

nomidagi «militsiyaning» degan so‘z «ichki ishlar organlarining» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

dispozitsiyasidagi «militsiyaning» degan so‘z «ichki ishlar organlarining» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

7) 199-moddaning dispozitsiyasidagi «Militsiya» degan so‘z «Ichki ishlar organi» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

8) 242-modda birinchi qismining 4-bandidagi «(militsiya)» degan so‘z chiqarib tashlansin;

9) 245-moddaning birinchi qismidagi «1284-moddasining uchinchi qismida» degan so‘zlar «1284-moddasining to‘rtinchi qismida» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

10) 248-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«248-modda. Ichki ishlar organlari

Ichki ishlar organlariga ushbu Kodeksning 561-moddasida,
113-moddasining birinchi, ikkinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlarida, 114, 115-moddalarida, 116-moddasining birinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 121, 122, 123, 125-moddalarida, 1251-moddasining birinchi qismida, 126-moddasida, 127-moddasining birinchi qismida,
128-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida,
1281-moddasining birinchi qismida, 1282-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1283-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1284-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida,
1285-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1286-moddasida,
129-moddasining birinchi qismida, 130-moddasining birinchi qismida, 135, 1351-moddalarida, 136-moddasining uchinchi qismida, 138, 139, 140,
141-moddalarida, 142-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 144,
145-moddalarida, 146-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 147, 156, 161, 183-moddalarida, 187-moddasining birinchi qismida, 192, 204, 205-moddalarida, 220-moddasining uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 221, 223, 2231, 2233, 224-moddalarida, 225-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.

Ichki ishlar organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga va ma’muriy jazo qo‘llashga quyidagilar haqli:

1) ushbu Kodeksning 561-moddasida, 114-moddasida, 116-moddasining birinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 121, 122, 123-moddalarida,
142-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 144, 145-moddalarida, 146-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 156, 183, 192, 204,
205-moddalarida, 220-moddasining uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 221, 223, 2231, 2233, 224-moddalarida, 225-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun – tumanlar, shaharlar, shaharlardagi tumanlar ichki ishlar bo‘limlarining (boshqarmalarining) boshliqlari yoki boshliq o‘rinbosarlari, shuningdek transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmalarining (bo‘limlarining) boshliqlari;

2) ushbu Kodeksning 561-moddasida, 113-moddasining birinchi qismida, 114-moddasining birinchi qismida, 115-moddasida,
121-moddasining ikkinchi qismida, 122, 123, 156, 183-moddalarida,
187-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun – metropolitenni muhofaza qilish bo‘yicha ichki ishlar bo‘limining boshlig‘i yoki boshlig‘i o‘rinbosarlari;

3) ushbu Kodeks 225-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun – temir yo‘l vokzallari va aeroportlardagi bo‘linmalarning, ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlarining (boshqarmalarining) boshliqlari va boshliq o‘rinbosarlari;

4) ushbu Kodeksning 561-moddasida, 113-moddasining birinchi, ikkinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlarida, 122, 123-moddalarida,
127-moddasida (maqsadsiz ovozli signal berishga doir qismida),
161-moddasida (fuqarolarga nisbatan), 187-moddasining birinchi qismida, 192, 221-moddalarida, 223-moddasining birinchi qismida, 2231, 2233-moddalarida, 224-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun – ichki ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika katta inspektorlari va inspektorlari»;

5) ushbu Kodeksning 125-moddasida, 1251-moddasining birinchi qismida, 126-moddasida, 127-moddasining birinchi qismida,
128-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida,
1281-moddasining birinchi qismida, 1282-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1283-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1284-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida,
1285-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1286-moddasida,
129-moddasining birinchi qismida, 130-moddasining birinchi qismida, 135, 1351-moddalarida, 136-moddasining uchinchi qismida, 138, 139, 140, 141, 147-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun – yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining (Bosh boshqarmasining) boshlig‘i, uning o‘rinbosarlari, yo‘l-patrul xizmatini hamda ma’muriy amaliyotni tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘limining boshlig‘i, muhim topshiriqlar bo‘yicha bosh inspektor, inspektor (ma’muriy amaliyot bo‘yicha), ma’muriy amaliyot bo‘linmasining (bo‘limining) boshlig‘i, ma’muriy huquqbuzarliklar materiallarini ko‘rib chiqish bo‘yicha bosh inspektor, katta inspektor (inspektor), yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limining (bo‘linmasining) boshlig‘i, davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining katta inspektori va yo‘l harakati xavfsizligi guruhining ma’muriy amaliyot bo‘yicha inspektori, ular yo‘qligida esa ichki ishlar bo‘limining boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari;

6) ushbu Kodeksning 125-moddasida, 1251-moddasining birinchi qismida, 126-moddasida, 127-moddasining birinchi qismida,
128-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida,
1281-moddasining birinchi qismida, 1282-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1283-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1284-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida,
1285-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1286-moddasida,
129-moddasining birinchi qismida, 130-moddasining birinchi qismida, 135-moddasining birinchi qismida, 1351-moddasida, 138-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 147-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun –yo‘l-patrul xizmati brigadasi (bataloni, divizioni, otryadi, safarbar guruhi) komandiri yoki komandirining o‘rinbosari;

7) ushbu Kodeks 125-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 126-moddasining birinchi qismida, 127-moddasining birinchi qismida, 128-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida,
1282-moddasining birinchi qismida, 1283-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1284-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 135-moddasining birinchi qismida, 1351-moddasining birinchi qismida, 138-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun – yo‘l-patrul xizmatining katta inspektori (inspektori) va yo‘l harakati qoidalariga hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga oid boshqa normativ hujjatlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi boshqa xodimlar»;

11) 258-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tibbiyot boshqarmasining bosh sanitariya vrachi va uning o‘rinbosari (sanitariya-epidemiologiya nazorati bosh markazining boshlig‘i), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tibbiyot bo‘limining bosh sanitariya vrachi va uning o‘rinbosari (sanitariya-epidemiologiya nazorati markazining boshlig‘i), Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari tibbiyot bo‘limlarining bosh sanitariya vrachlari hamda ularning o‘rinbosarlari (sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarining boshliqlari)»;

12) 284-moddaning:

birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzish maqsadida, agar bayonnoma tuzish shart bo‘lib, uni joyning o‘zida tuzishning imkoni bo‘lmasa, ichki ishlar organi xodimi yoki ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzishga vakolatli boshqa shaxs huquqbuzarni ichki ishlar organiga yoxud fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi binosiga keltirishi mumkin»;

ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlaridagi «militsiyaga» va «militsiya xodimlari» degan so‘zlar tegishincha «ichki ishlar organlariga» va «ichki ishlar organlari xodimlari» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

13) 290-moddaning yettinchi qismidagi «militsiya xodimlari» degan so‘zlar «ichki ishlar organlari xodimlari» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

14) 291-moddaning:

birinchi qismi «a» kichik bandidagi «militsiya xodimining» degan so‘zlar «ichki ishlar organi xodimining» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima solish haqida qaror chiqarilgan kundan e’tiboran oltmish kun ichida jarima to‘lanmagan taqdirda, transport vositasi jarima solish to‘g‘risida qaror chiqargan vakolatli organ rahbarining yozma ko‘rsatmasiga binoan jarima solish to‘g‘risidagi qarorning ijrosi yuzasidan ish yuritish tugaguniga qadar ushlab turiladi»;

15) 294-moddaning uchinchi qismidagi «(militsiya)» degan so‘z chiqarib tashlansin;

16) 326-moddaning uchinchi qismidagi «332-moddasi birinchi qismida belgilab qo‘yilgan» degan so‘zlar «332-moddasida belgilangan» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

17) 332-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun solingan jarimani huquqbuzar jarima solish to‘g‘risidagi qaror chiqarilgan kundan e’tiboran oltmish kundan kechiktirmay, bunday qaror xususida shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan hollarda esa, shikoyat yoki protest qanoatlantirilmay qoldirilganligi to‘g‘risida xabar berilgan kundan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay to‘lashi kerak».

11-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan 161–I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 yil, 1-songa ilova; 1997 yil, № 2,
65-modda; 1998 yil, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1,
20-modda, № 5, 112, 124-moddalar, № 9, 229-modda; 2001 yil, № 5,
89-modda, № 9–10, 182-modda; 2002 yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 9, 312-modda; 2009 yil, № 12, 470, 471-moddalar; 2010 yil,
№ 12, 472-modda; 2012 yil, № 9/1, 238-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda,
№ 10, 263-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda; 2015 yil, № 8, 312-modda;
2016 yil, № 4, 125-modda, № 12, 383-modda; 2017 yil, № 9, 510-modda,
№ 10, 605-modda; 2018 yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda, № 7,
431-modda, № 10, 677-modda; 2019 yil, № 1, 3-modda) 165-moddasidagi «surishtiruv organiga, tergovchi» degan so‘zlar «tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organga, surishtiruvchi, tergovchi» degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

12-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan 163–I-sonli va 1996 yil 29 avgustda qabul qilingan 256–I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 yil, 2-songa ilova, № 11–12; 1997 yil, № 2,
56-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 5–6, 102-modda; 1999 yil, № 1,
20-modda, № 9, 229-modda; 2001 yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 182-modda; 2002 yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007 yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 4, 156, 164-moddalar, № 8, 367-modda, № 9, 416-modda, № 12, 598, 608-moddalar; 2008 yil, № 4, 192-modda, № 12, 640-modda; 2009 yil, № 9, 337-modda; 2010 yil, № 9, 335, 337, 340-moddalar; 2011 yil, № 12/2, 363, 364, 365-moddalar; 2012 yil, № 4, 106,
109-moddalar, № 12, 336-modda; 2013 yil, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 5, 130-modda, № 12, 343-modda; 2015 yil, № 8, 310, 312-moddalar; 2016 yil, № 4, 125-modda; 2017 yil, № 4, 137-modda, № 9, 510-modda; 2018 yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda, № 7, 433-modda, № 10, 673-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:

1) 192-moddaning:

uchinchi qismidagi «topilma to‘g‘risida militsiyaga» degan so‘zlar «topilma to‘g‘risida ichki ishlar organiga» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

to‘rtinchi qismidagi «saqlash uchun militsiya» degan so‘zlar «saqlash uchun ichki ishlar organi» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

2) 193-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Agar yo‘qolgan ashyoni olishga haqli bo‘lgan shaxs topilma to‘g‘risida ichki ishlar organiga yoki tegishli davlat organiga xabar qilingan paytdan e’tiboran olti oy mobaynida aniqlanmasa hamda ashyoni topgan shaxsga yoxud ichki ishlar organiga, tegishli davlat organiga yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga ushbu ashyoga bo‘lgan o‘z huquqi to‘g‘risida arz qilmasa, ashyoni topib olgan shaxs unga egalik huquqini oladi»;

3) 195-moddaning:

birinchi qismidagi «militsiyaga» degan so‘z «ichki ishlar organiga» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismidagi «militsiya» degan so‘z «tuman va shahar obodonlashtirish boshqarmalari huzuridagi qarovsiz hayvonlarni tutish bo‘limlari» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

4) 991-moddaning:

nomidagi «Surishtiruv» degan so‘z «Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

birinchi qismidagi «surishtiruv» degan so‘z «tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismidagi «Surishtiruv» degan so‘z «Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

5) 1001-moddaning uchinchi qismidagi «Surishtiruv» degan so‘z «Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

6) 1061-moddaning:

nomidagi «surishtiruv» degan so‘z «tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

matnidagi «surishtiruv» degan so‘z «tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv» degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

13-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996 yil 29 avgustda qabul qilingan «Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida»gi 265–I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 yil, № 9, 128-modda; 1999 yil, № 5, 124-modda; 2001 yil, № 5,
89-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 10, 536-modda; 2007 yil, № 10, 473-modda; 2010 yil, № 5, 177-modda; 2016 yil, № 12, 383-modda; 2017 yil, № 6,
300-modda; 2018 yil, № 1, 1-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:

1) 30-moddaning beshinchi qismidagi «Militsiya» degan so‘z «Ichki ishlar organlari» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

2) 39-moddaning birinchi qismidagi «surishtiruv o‘tkazayotgan shaxs» degan so‘zlar «tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

3) 45-modda uchinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarning, surishtiruv, tergov organlarining, prokuraturaning va sudning ishni sudga qadar yuritish yoki sud tekshiruvi o‘tkazilishi munosabati bilan so‘rovi bo‘yicha».

14-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996 yil 27 dekabrda qabul qilingan «Advokatura to‘g‘risida»gi 349–I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 yil, № 2,
48-modda; 2001 yil, № 1–2, 23-modda; 2003 yil, № 5, 67-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 9, 312-modda; 2008 yil,
№ 12, 641-modda; 2009 yil, № 9, 337-modda; 2018 yil, № 10, 673-modda; 2019 yil, № 1, 3-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:

1) 7-moddaning ikkinchi qismidagi «ishni dastlabki tergov qilishda» degan so‘zlar «ishni surishtiruv yoki dastlabki tergov shaklida tergov qilishda» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

2) 8-moddaning uchinchi qismidagi «surishtiruv, dastlabki tergov organlarida» degan so‘zlar «tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarda, surishtiruv, dastlabki tergov organlarida» degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

15-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 25 aprelda qabul qilingan 409–I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 yil, № 6, 175-modda; 2003 yil,
№ 9–10, 149-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 6, 248-modda, № 9, 422-modda, № 12, 595-modda; 2008 yil, № 4, 187-modda, № 12, 636,
641-moddalar; 2009 yil, № 4, 136-modda, № 12, 470-modda; 2010 yil, № 9,
334-modda; 2012 yil, № 9/1, 238-modda; 2014 yil, № 9, 244-modda; 2015 yil, № 8, 310-modda; 2017 yil, № 3, 47-modda, № 10, 605-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:

1) 18-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Shikoyatlarni ko‘rib chiqish, shuningdek fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi hollarini o‘z tashabbusi bilan tekshirish chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil jazoni ijro etish muassasalariga moneliksiz kirish huquqiga ega»;

2) 76-modda quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi qism bilan to‘ldirilsin:

«Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganlarga himoyalangan
aloqa kanallari bo‘yicha videokonferensiya tizimi orqali masofali video-uchrashuv berilishi mumkin»;

to‘qqizinchi qismi o‘ninchi qism deb hisoblansin;

3) 79-modda:

ikkinchi qismidagi «shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) nomiga jo‘natiladigan xatlar va boshqa jo‘natmalar» degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:

«Mahkumlarning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning nomiga yuborilgan murojaatlari muassasa ma’muriyati tomonidan ko‘zdan kechirilishi mumkin emas hamda yigirma to‘rt soatdan kechiktirmay tegishli vakilga yuboriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning javobi ko‘zdan kechirilishi mumkin emas hamda arizachiga darhol yetkazib beriladi»;

beshinchi va oltinchi qismlari tegishincha yettinchi va sakkizinchi qismlar deb hisoblansin;

4) 88-moddaning uchinchi qismidagi «shu muassasalarning» degan so‘zlar «jazoni ijro etish muassasalari va ular tashkilotlarining» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

5) 113-modda uchinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«yopiq turdagi tibbiyot muassasalarida maxsus davolanish talab etiladigan yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlar».

16-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan «Davlat soliq xizmati to‘g‘risida»gi 474–I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 yil, № 9, 232-modda; 1998 yil, № 5–6, 102-modda; 1999 yil, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 7–8, 217-modda; 2001 yil, № 5, 89-modda, № 9–10, 182-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004 yil, № 9, 171-modda;
2005 yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 5, 152-modda, № 9,
312-modda, № 12, 415-modda; 2006 yil, № 10, 536-modda; 2007 yil, № 12, 608-modda; 2008 yil, № 12, 640-modda; 2009 yil, № 12, 474-modda;
2010 yil, № 9, 336-modda; 2012 yil, № 4, 105-modda; 2014 yil, № 9,
244-modda; 2015 yil, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 12, 385-modda;
2017 yil, № 6, 300-modda, № 12, 773-modda; 2018 yil, № 1, 1, 4-moddalar; 2019 yil, № 1, 1, 5-moddalar) 5-moddasi birinchi qismining
17-bandidagi
 «hamda surishtiruv o‘tkazib» degan so‘zlar chiqarib tashlansin.

17-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 25 dekabrda qabul qilingan «Reklama to‘g‘risida»gi 723–I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999 yil, № 1,
14-modda; 2002 yil, № 9, 164-modda; 2003 yil, № 5, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 12, 413-modda; 2006 yil, № 4, 154-modda, № 10, 536-modda; 2008 yil, № 4, 186-modda; 2010 yil, № 9, 339-modda, № 10, 380-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda; 2018 yil, № 1,
1-modda, № 4, 224-modda; 2019 yil, № 1, 3-modda) 19-moddasining to‘rtinchi qismidagi «Militsiya» degan so‘z «Ichki ishlar organlari» degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

18-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1999 yil 15 aprelda qabul qilingan «Temir yo‘l transporti to‘g‘risida»gi 766–I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999 yil, № 5, 118-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 4, 157-modda; 2011 yil, № 9, 246-modda;
2015 yil, № 6, 228-modda) 22-moddasining to‘rtinchi qismidagi «O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ichki qo‘shinlari bo‘linmalari» degan so‘zlar «ichki ishlar organlarining transportda xavfsizlikni ta’minlash bo‘linmalari» degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

19-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1999 yil 19 avgustda qabul qilingan «Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida»gi 813–I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999 yil, № 9, 210-modda; 2001 yil, № 1–2, 23-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 10, 536-modda; 2015 yil, № 8, 312-modda; 2017 yil, № 4, 138-modda, № 6, 300-modda;
2018 yil, № 10, 679-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:

1) 35-moddaning uchinchi qismidagi «surishtiruv» degan so‘z «tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

2) 42-moddaning ikkinchi qismidagi «Surishtiruv» degan so‘z «Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv» degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

20-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1999 yil 20 avgustda qabul qilingan «Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida»gi 822–I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999 yil, № 9, 219-modda; 2004 yil, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 9, 311-modda;
2006 yil, № 4, 157-modda; 2007 yil, № 9, 414-modda; 2011 yil, № 12/2, 366-modda; 2012 yil, № 12, 336-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda)
14-moddasining uchinchi qismidagi «militsiya» degan so‘z «ichki ishlar organlari» degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

21-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2001 yil 29 avgustda qabul qilingan «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi 258–II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001 yil, № 9–10, 169-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 8, 367-modda, № 12, 598-modda; 2008 yil, № 4, 184,
187-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda; 2010 yil, № 9, 337, 340-moddalar; 2012 yil, № 12, 336-modda; 2014 yil, № 5, 130-modda; 2015 yil, № 8,
312-modda, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 9, 276-modda; 2017 yil, № 9, 510-modda; 2018 yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:

1) 15-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Sudyalar, prokurorlar, tergovchilar, surishtiruvchilar, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarning mansabdor shaxslari, davlat ijrochilari va sud apparati xodimlari ijro ishini yuritishda vakillik qilishi mumkin emas. Bu qoida mazkur shaxslar ijro ishini yuritishda tegishli sudning, prokuratura, tergov, surishtiruv organining va tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning vakolatli vakili yoki qonuniy vakil sifatida ishtirok etadigan hollarga nisbatan tatbiq etilmaydi»;

2) 421-moddaning ikkinchi qismidagi «ichki ishlar organlarining kirish, chiqish va fuqarolik bo‘limiga (boshqarmasiga)» degan so‘zlar
«ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga (boshqarmasiga)» degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

22-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2006 yil 20 iyulda qabul qilingan «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida»gi O‘RQ–42-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 7, 372-modda; 2011 yil,
№ 12/2, 363-modda; 2012 yil, № 12, 336-modda; 2013 yil, № 10, 263-modda; 2018 yil, № 4, 224-modda) 30-moddasiga quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:

nomidagi «surishtiruv» degan so‘z «tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

matnidagi «surishtiruv» degan so‘z «tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv» degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

23-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2006 yil 6 dekabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralari xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida»gi O‘RQ–65-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 12, 651-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:

1) nomidagi «ichki ishlar idoralari xodimlari» degan so‘zlar «ichki ishlar organlari xodimlari» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

2) 1-moddadagi «Ichki ishlar idoralari xodimlari» degan so‘zlar «Ichki ishlar organlari xodimlari» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

24-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 17 aprelda qabul qilingan «Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi
O‘RQ–154-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008 yil, № 4, 190-modda; 2017 yil, № 9, 510-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:

1) 7-modda:

birinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi «surishtiruv» degan so‘z «tergovga qadar tekshiruv» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismining uchinchi xatboshisidagi «surishtiruv» degan so‘z «tergovga qadar tekshiruv» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

2) 12-moddaning:

birinchi qismidagi «Surishtiruvchi» degan so‘z «Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismidagi «surishtiruvchining» degan so‘z «tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

uchinchi qismi ikkinchi xatboshisidagi «surishtiruv» degan so‘z «tergovga qadar tekshiruv» degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

25-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2010 yil 1 iyunda qabul qilingan «Sud ekspertizasi to‘g‘risida»gi O‘RQ–249-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010 yil, № 6, 230-modda; 2016 yil, № 9, 276-modda;
2017 yil, № 9, 510-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:

1) 10-moddaning oltinchi qismidagi «Surishtiruv, dastlabki tergov organlari» degan so‘zlar «Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv, dastlabki tergov organlari» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

2) 14-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«bila turib noto‘g‘ri xulosa berganligi, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv yoki dastlabki tergov ma’lumotlarini tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining, surishtiruvchining, tergovchining yoxud prokurorning ruxsatisiz oshkor qilganligi, shuningdek xulosa berishni rad etganligi yoki bu ishdan bo‘yin tovlaganligi uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risida sud ekspertini ogohlantirishi, undan tegishli tilxat olishi va mazkur tilxatni sud ekspertizasini tayinlagan organga (shaxsga) xulosa bilan birga yuborishi»;

3) 17-moddaning birinchi qismidagi «Surishtiruvchining» degan so‘z «Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining, surishtiruvchining» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

4) 23-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«bila turib noto‘g‘ri xulosa berganligi, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv yoki dastlabki tergov ma’lumotlarini tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining, surishtiruvchining, tergovchining yoxud prokurorning ruxsatisiz oshkor qilganligi, shuningdek xulosa berishni rad etganligi yoki bu ishdan bo‘yin tovlaganligi uchun sud eksperti jinoiy javobgarlik to‘g‘risida ogohlantirilganligi».

26-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2010 yil 29 sentabrda qabul qilingan «Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida»gi O‘RQ–263-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010 yil, № 9, 343-modda; 2016 yil, № 12, 383-modda; 2017 yil, № 9, 510-modda; 2018 yil, № 7, 431-modda) 21-moddasining to‘rtinchi xatboshisidagi«surishtiruvchi» degan so‘z «tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi» degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

27-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 29 sentabrda qabul qilingan «Jinoyat ishini yuritish chog‘ida qamoqda saqlash to‘g‘risida»gi O‘RQ–298-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011 yil, № 9, 251-modda;
2012 yil, № 9/1, 238-modda) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha
kiritilsin:

1) 19-modda:

uchinchi qismidagi «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) yoki qamoqda saqlash joylarini tekshirish huquqiga ega bo‘lgan boshqa davlat organlari nomiga» degan so‘zlar «yoki qamoqda saqlash joylarini tekshirish huquqiga ega bo‘lgan davlat organlari nomiga» degan so‘zlar bilan
almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi to‘rtinchi va beshinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:

«O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari
va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning nomiga yuborilgan shikoyatlar muassasa ma’muriyati tomonidan ko‘zdan kechirilishi mumkin emas hamda oluvchiga yigirma to‘rt soatdan kechiktirmay yuboriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari
va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning javobi muassasa ma’muriyati tomonidan ko‘zdan kechirilishi mumkin emas va arizachiga darhol yetkazib beriladi»;

to‘rtinchi – yettinchi qismlari tegishincha oltinchi – to‘qqizinchi qismlar deb hisoblansin;

oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ
mansabdor shaxsining, surishtiruvchining yoki tergovchining
harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar berilgan
kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay qamoqda saqlash joyi ma’muriyati tomonidan tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organga, surishtiruv organiga, tergov organining boshlig‘iga
yoxud prokurorga, prokurorning harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar esa yuqori turuvchi prokurorga yuboriladi
yoki topshiriladi»;

2) 23-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«23-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson

huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning)

va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi

Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy

manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning

qamoqda saqlash joylariga borishi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari
va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil qamoqda
saqlash joylariga moneliksiz kirish, shuningdek ushlab turilgan
yoki qamoqqa olingan shaxs bilan uchrashish va suhbatlar o‘tkazish huquqiga ega.

Qamoqda saqlash joyining ma’muriyati O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (ombudsmanga)
va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilga ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlar bilan moneliksiz va xoli uchrashish hamda suhbatlashish uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlashi shart.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlar bilan uchrashuvlari va suhbatlari qamoqda saqlash joyi xodimlari ularni ko‘rib turadigan, lekin eshitmaydigan sharoitlarda xoli o‘tkaziladi»;

3) 33-moddaning birinchi qismidagi «ayblov xulosalarining» degan so‘zlar «ayblov xulosalarining va ayblov dalolatnomalarining» degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

28-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2013 yil 23 sentabrda qabul qilingan «Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi O‘RQ–353-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013 yil, № 9, 239-modda; 2016 yil, № 12, 383-modda; 2018 yil, № 1, 1-modda)
16-moddasidagi «surishtiruvchining» degan so‘z «tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining, surishtiruvchining» degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

29-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 14 mayda qabul qilingan «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi O‘RQ–371-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014 yil, № 5, 129-modda; 2015 yil, № 8, 310-modda; 2016 yil, № 12, 383-modda; 2017 yil, № 9, 510-modda;

2018 yil, № 1, 1-modda; 2019 yil, № 1, 5-modda) 20-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«20-modda. Huquqbuzarliklar profilaktikasi

va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha

idoralararo komissiyalar

Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo komissiyalar o‘z vakolatlari doirasida:

qonuniylikni va huquq-tartibotni, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, yuridik shaxslarning, jamiyat va davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini huquqbuzarliklardan himoya qilishni ta’minlashni;

huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlari va boshqa dasturlar ishlab chiqilishini hamda amalga oshirilishini, shuningdek ularning ijrosi ustidan nazoratni tashkil etishni;

vakolatli organlar va muassasalarning faoliyati samaradorligini, yaqin hamkorligini va uyushgan holda ishlashini ta’minlash maqsadida ularning faoliyatini muvofiqlashtirishni;

huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarni baholashni, monitoring qilishni va ularning samaradorligini oshirishni;

jinoyatlarni fosh etish, tergov qilish, ularning oldini olish
va ularga barham berish amaliyotini o‘rganishni;

jinoyatlarning fosh etilishini hamda surishtiruv, tergov organlaridan va suddan yashiringan shaxslarning qidiruvini ta’minlash maqsadida tezkor-qidiruv va profilaktika tadbirlari samaradorligini oshirishni;

tizimli kamchiliklar yuzaga kelishiga imkon berayotgan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlashni, tahlil qilishni hamda ularni huquqni qo‘llash amaliyoti va qonun hujjatlarini takomillashtirish yo‘li bilan bartaraf etishni;

organlar va muassasalarning huquqbuzarliklarning oldini olish va ularga barham berish borasidagi hamkorligini yaxshilash, shuningdek huquqbuzarliklarning sodir etilish sabablari va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash yuzasidan choralarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishni;

huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishga doir axborotni to‘plashni, saqlashni, ularga ishlov berishni, ularni tahlil qilishni, shuningdek tegishli organlar va muassasalar faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida ushbu axborotdan foydalanishni amalga oshiradi.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo komissiyalar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo komissiyalarning faoliyatini tashkil etish tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi».

30-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 20 yanvarda qabul qilingan O‘RQ–400-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016 yil, 1-songa ilova;
2017 yil, № 9, 510-modda; 2018 yil, № 4, 224-modda, № 7, 433-modda, № 10, 670-modda; 2019 yil, № 1, 5-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:

1) 215-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisidagi «surishtiruvchining» degan so‘z «tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining, surishtiruvchining» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

2) 242-moddaning birinchi qismidagi «surishtiruv o‘tkazadi» degan so‘zlar «tergovga qadar tekshiruv o‘tkazadi» degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

31-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 16 sentabrda qabul qilingan «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi O‘RQ–407-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016 yil, № 9, 272-modda; 2017 yil, № 6, 300-modda,
№ 9, 510-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:

1) 4-moddaning:

to‘rtinchi xatboshisidagi «tezkor-qidiruv faoliyatini» degan so‘zlar «tergovga qadar tekshiruvni, tezkor-qidiruv faoliyatini» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

yettinchi xatboshisidagi «shaxslarni qidirish» degan so‘zlar «shaxslarni qidirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

2) 13-moddaning:

birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Ichki ishlar organlarining tizimi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari, tumanlar va shaharlar ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari), transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmalari (bo‘limlari), jazoni ijro etish muassasalari, ichki ishlar organlarining o‘ta muhim va toifalangan ob’ektlardagi bo‘linmalari, shaharcha ichki ishlar bo‘linmalari va ichki ishlar organlarining tayanch punktlari, shuningdek ta’lim va tibbiyot muassasalari, ichki ishlar organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun tashkil etiladigan boshqa bo‘linmalar va tashkilotlardan iboratdir»;

ikkinchi qismi «qorovul qo‘shinlari» degan so‘zlardan keyin «hamda xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha qo‘shinlar» degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;

3) 14-moddaning to‘rtinchi va beshinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining boshliqlari O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

Tumanlar va shaharlar ichki ishlar boshqarmalarining (bo‘limlarining) boshliqlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vazirining, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining taqdimnomalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi»;

4) 16-modda birinchi qismining:

o‘ninchi xatboshisidagi «surishtiruv va tergov organlariga» degan so‘zlar «tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarga, surishtiruv va tergov organlariga» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

o‘n to‘rtinchi xatboshisidagi «va surishtiruvchining» degan so‘zlar «surishtiruvchining va tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

yigirmanchi xatboshisidagi «axloq tuzatish ishlari, qamoq» degan so‘zlar «majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

yigirma uchinchi xatboshisidagi «yoki qamoqqa olishga» degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

5) 17-modda birinchi qismining yigirma birinchi xatboshisidagi «surishtiruv, tergov organlaridan» degan so‘zlar «tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlardan, surishtiruv, tergov organlaridan» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

6) 26-moddaning:

birinchi qismidagi «Yoshi o‘n sakkizdan kichik va o‘ttizdan katta bo‘lmagan» degan so‘zlar «O‘n sakkizdan o‘ttiz yoshgacha, shu jumladan o‘ttiz yoshdagi» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

to‘qqizinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, xizmatni o‘tashga to‘sqinlik qiladigan kasalligi yoki jismoniy nuqsonlari bo‘lgan, boshqa davlat organlaridan salbiy sabablarga ko‘ra bo‘shatilgan fuqarolar, shuningdek sodir etgan jinoyati uchun qo‘llanilgan jazo turidan, sudlanganlik holati tugallanganligidan yoki olib tashlanganligidan va amnistiya akti qo‘llanilganligidan qat’i nazar muqaddam sudlangan fuqarolar ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilinishi mumkin emas»;

7) 30-moddaning:

o‘n birinchi va o‘n ikkinchi qismlari quyidagi mazmundagi o‘n birinchi qism bilan almashtirilsin:

«Ichki ishlar organlarida xizmatda bo‘lishning cheklangan yoshi safdorlar va serjantlar tarkibi xodimlari uchun ellik yoshni, ofitserlar tarkibi uchun – ellik besh yoshni, generallar tarkibi uchun – oltmish yoshni, ayollarga esa (mavjud unvonidan qat’i nazar) – ellik yoshni tashkil etadi»;

o‘n uchinchi  o‘n yettinchi qismlari tegishincha o‘n ikkinchi – o‘n oltinchi qismlar deb hisoblansin;

o‘n uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Yuksak kasbiy tayyorgarlikka, egallab turgan lavozimida ish tajribasiga ega bo‘lgan va sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra xizmatni o‘tashga yaroqli xodimlarning xizmat muddati O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilangan tartibda ushbu xodimlarning roziligi bilan besh yilgacha, boshliqlar tarkibidagi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ta’lim muassasalarida professor-o‘qituvchilik lavozimlarini egallab turgan va ilmiy darajaga ega bo‘lgan shaxslarning xizmat muddati esa o‘n yilgacha bo‘lgan muddatga uzaytirilishi mumkin»;

8) 31-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, xodimlarning malakasini oshirish, qoida tariqasida, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshiriladi, bundan ushbu muassasalarda o‘qitilmaydigan ixtisosliklar mustasno»;

9) 32-modda birinchi qismining:

ikkinchi xatboshisi «o‘zining xohishi» degan so‘zlardan keyin «(pensiya olish huquqini beradigan xizmat muddatini o‘tamaganlarga) – xodimning bildirgisi asosida» degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;

to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«pensiya olish huquqini beradigan xizmat muddatini o‘taganligi – xodimning bildirgisi asosida»;

oltinchi xatboshisidagi «ichki ishlar organlaridagi» degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«dastlabki sinov muddati davomida xizmatga yaroqsizligi»;

o‘n ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«sodir etgan jinoyati uchun sudning hukmi, ajrimi, qarori qonuniy kuchga kirganligi»;

o‘n uchinchi xatboshisidagi «ichki ishlar organi xodimida» degan so‘zlar «xodimda» degan so‘z bilan almashtirilsin;

o‘n to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«boshqa turdagi davlat xizmatiga o‘tganligi (kadrlarning amaldagi zaxirasiga kiritilmagan holda)»;

10) quyidagi mazmundagi 341-modda bilan to‘ldirilsin:

«341-modda. Ichki ishlar organlari tergov bo‘linmalari

xodimlarining daxlsizligi

Ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalari surishtiruvchilariga, tergovchilariga va rahbarlariga nisbatan jinoyat ishlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, Toshkent shahar, viloyatlar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamentining tergovchilariga, bo‘linmalari rahbarlariga
va boshlig‘iga nisbatan esa O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori
yoki uning o‘rinbosarlari tomonidan qo‘zg‘atiladi».

32-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvarda qabul qilingan «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi O‘RQ–419-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017 yil, № 1, 1-modda; 2019 yil, № 1, 5-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:

1) 9-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisidagi «surishtiruvni» degan so‘z «tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

2) 10-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisidagi «surishtiruvni» degan so‘z «tergovga qadar tekshiruvni» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

3) 11-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisidagi «surishtiruvni» degan so‘z «tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni» degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

33-modda. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin:

1) O‘zbekiston Respublikasining 1990 yil 31 oktabrda qabul qilingan «Militsiya xodimlarini ijtimoiy va huquqiy jihatdan himoya qilishni kuchaytirish to‘g‘risida»gi 136–XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1990 yil, № 31–33, 355-modda);

2) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995 yil 6 mayda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida»gi
73–I-sonli Qarorining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, № 6, 121-modda) 230-bandi.

34-modda. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi,
Bosh prokuraturasi, Adliya vazirligi manfaatdor tashkilotlar
bilan birgalikda ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.

35-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.

36-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

O‘zbekiston Respublikasining

Prezidenti                                      Sh. Mirziyoev

 

O’zA