“Olmaotada Instagram ijtimoiy tarmog‘ida nafrat qo‘zg‘ovchi maqolaga izoh qoldirgan erkak jinoiy javobgarlikka tortildi”, deya xabar berdi shahar politsiyasi.
Shahar politsiya departamenti matbuot xizmatining 17 may kuni xabar qilishicha, gumonlanuvchi – 1990 yilda tug‘ilgan N. ismli fuqaroning izohida sud ekspertizasi tomonidan etnik guruh vakillariga nisbatan kamsituvchi ruhdagi alomatlar borligi aniqlandi. Gumondor hibsga olindi, u ko‘rsatma bermoqda, deyiladi xabarda.
Qozog‘iston qonunlari ataylab ijtimoiy, milliy, irqiy, qabilaviy, sinfiy yoki diniy nafrat uyg‘otuvchilarga nisbatan jinoiy javobgarlikni ko‘zda tutadi. Qozog‘iston qonunlarida hatto “tuhmat” va “atayin yolg‘on xabar tarqatish” ham jinoyat hisoblanadi.
O‘zA