Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlash toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Mamlakatimizda moʻtabar ayol zotiga munosib hurmat-ehtirom koʻrsatish, ularning jamiyatimizdagi oʻrni va nufuzini oshirish, sogʻlom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, oʻzining iqtidori va ibratli faoliyati bilan yoshlarga oʻrnak boʻlib kelayotgan, turli soha va tarmoqlarda qobiliyat va imkoniyatlarini roʻyobga chiqarayotgan, ijtimoiy hayotda faollik va tashabbuskorlik koʻrsatayotgan qizlarni munosib ragʻbatlantirish maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini taʼsis etish boʻyicha takliflarni qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi 1999 yil 10 iyundagi PF-2326-sonli va “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2018 yil 2 fevraldagi
PF-5325-sonli Farmonlariga asosan:
1. Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi huzuridagi Zulfiya nomidagi
Davlat mukofoti komissiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtidorli qizlarini aʼlo xulqi, noyob isteʼdodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, oʻqishdagi muvaffaqiyatlari hamda taʼlim, fan, adabiyot, madaniyat, sanʼat, sport sohalarida va jamoatchilik faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi takliflari ilovadagi roʻyxatga muvofiq maʼqullansin.
2. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan oʻtkaziladigan bayram tantanalarida sovrindorlik diplomlari va koʻkrak nishonlari topshirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalarining ibratli faoliyati, ularning noyob isteʼdodi va erishgan yutuqlarini keng yoritib borish tavsiya etilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari T.Norboyeva zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi
 
Prezidenti                                             Sh.MIRZIYOYEV
Toshkent shahri,
2019 yil 2 mart
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2019 yil 2 martdagi
PQ-4218-sonli qaroriga ilova
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar 
 
ROʻYXATI
 
Снимок1.PNG
Снимок2.PNG
Снимок3.PNG
Снимок4.PNG
Снимок5.PNG
Снимок6.PNG
Снимок7.PNG

 

O’zA