Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat tartibini taʼminlash mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida

Qonunchilik palatasi tomonidan 2018 yil 30 noyabrda

qabul qilingan

Senat tomonidan 2018 yil 13 dekabrda

maʼqullangan

1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2012–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995 yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 yil, № 9, 144-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 5–6, 153-modda; 2001 yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 165-modda; 2002 yil, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda, № 9–10, 149-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006 yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007 yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008 yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010 yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011 yil, № 1, 1-modda; 2012 yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015 yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017 yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar; 2018 yil, № 1, 4-modda, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430-modda, № 10, 679-modda) quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartish kiritilsin:

1) 17-moddaning toʻrtinchi qismi “127” raqamidan keyin «1271» raqami bilan toʻldirilsin;

2) 127-modda birinchi qismining dispozitsiyasidagi «tilamchilikka» degan soʻz chiqarib tashlansin;

3) quyidagi mazmundagi 1271-modda bilan toʻldirilsin:

«1271-modda. Tilanchilik qilish

Aeroportlarda, vokzallarda, xiyobonlarda, istirohat bogʻlarida, bozorlarda va savdo majmualari hududlarida, shuningdek ularga tutash hududlarda, avtomototransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida, koʻchalarda, stadionlarda, bekatlarda, yoʻllarning qatnov qismida, moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan hududlarda, jamoat transportining barcha turlarida va boshqa jamoat joylarida pul, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa moddiy qimmatliklar berishni faol tarzda soʻrab, tilanchilik bilan shugʻullanish, shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, –

ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Voyaga yetmagan shaxslarni, keksa yoshdagi shaxslarni, ruhiy kasalliklari, nogironligi boʻlgan shaxslarni va boshqa shaxslarni tilanchilik qilishga jalb etish, shuningdek shaxslarga alkogolli ichimliklarni yoxud giyohvandlik moddalari yoki psixotrop moddalar boʻlmagan, lekin shaxsning aql-idrokiga taʼsir koʻrsatuvchi moddalarni majburan isteʼmol qildirgan holda ularni tilanchilik qilishga jalb etish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, –

eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:

a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;

b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab;

v) boshqa shaxsni giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni isteʼmol qilishga majburlagan holda sodir etilgan boʻlsa, –

uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi».

2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2013–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995 yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, № 12, 269-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 5–6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001 yil, № 1–2, 11, 23-moddalar, № 9–10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 5, 67-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 12, 418-modda; 2006 yil, № 6, 261-modda; 2007 yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008 yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010 yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011 yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2012 yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014 yil, № 9, 244-modda; 2015 yil, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 385-modda; 2017 yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2018 yil, № 1, 1-modda, № 4, 224-modda, № 7, 430-modda, № 10, 679-modda) quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:

1) 345-moddaning beshinchi qismi «127-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida» degan soʻzlardan keyin «1271-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida» degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

2) 3812-modda birinchi qismining 1-bandi «127-moddasi birinchi qismida» degan soʻzlardan keyin «1271-moddasi birinchi qismida» degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.

3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi,
1995 yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996 yil, № 5–6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 4–5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 3, 38-modda, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 5–6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001 yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9–10, 149-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006 yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007 yil, № 4,

158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008 yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010 yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011 yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012 yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015 yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017 yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018 yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 673, 679-moddalar) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:

1) 13-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan paytda oʻn olti yoshga toʻlgan shaxslar, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, maʼmuriy javobgarlikka tortiladi”;

2) 164-modda:

quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan toʻldirilsin:

«Energetik ichimliklarni oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarga realizatsiya qilish, –

fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi»;

oltinchi qismi yettinchi qism deb hisoblansin;

3) 188-moddaning dispozitsiyasidagi «tilamchilikka» degan soʻz chiqarib tashlansin;

4) quyidagi mazmundagi 1883-modda bilan toʻldirilsin:

«1883-modda. Tilanchilik qilish

Aeroportlarda, vokzallarda, xiyobonlarda, istirohat bogʻlarida, bozorlarda va savdo majmualari hududlarida, shuningdek ularga tutash hududlarda, avtomototransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida, koʻchalarda, stadionlarda, bekatlarda, yoʻllarning qatnov qismida, moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan hududlarda, jamoat transportining barcha turlarida va boshqa jamoat joylarida pul, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa moddiy qimmatliklar berishni faol tarzda soʻrab, tilanchilik bilan shugʻullanish, –

eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

Voyaga yetmagan shaxslarni, keksa yoshdagi shaxslarni, ruhiy kasalliklari, nogironligi boʻlgan shaxslarni va boshqa shaxslarni tilanchilik qilishga jalb etish, shuningdek shaxslarga alkogolli ichimliklarni yoxud giyohvandlik moddalari yoki psixotrop moddalar boʻlmagan, lekin shaxsning aql-idrokiga taʼsir koʻrsatuvchi moddalarni majburan isteʼmol qildirgan holda ularni tilanchilik qilishga jalb etish, –

eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi»;

5) 190-modda:

birinchi qismining sanksiyasidagi “bir baravaridan uch baravarigacha” degan soʻzlar “uch baravaridan yetti baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“eng kam ish haqining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi”;

6) 223-modda:

uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Pasport tizimi qoidalariga rioya etish uchun masʼul boʻlgan shaxslar tomonidan fuqarolarning pasportsiz yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarsiz yashashiga yoʻl qoʻyilishi, xuddi shuningdek fuqarolar tomonidan oʻz turar joylarida shaxslarning pasportsiz yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarsiz, vaqtincha yoki doimiy propiskasiz yoxud turgan joyi boʻyicha hisobda turmasdan yashashiga yoʻl qoʻyilishi, –

eng kam ish haqining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi»;

toʻrtinchi qismining sanksiyasidagi “oʻn besh” degan soʻzlar “oʻn” degan soʻz bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:

“Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxs oʻn olti yoshga toʻlishi munosabati bilan oʻz vaqtida pasport olmaganligi uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilmaydi”;

7) 2232-modda chiqarib tashlansin;

8) 245-moddaning birinchi qismi «1882» raqamidan keyin «1883» raqami bilan toʻldirilsin;

9) 248-modda:

birinchi qismidagi «2232» raqami chiqarib tashlansin;

ikkinchi qismining 1 va 4-bandlaridagi «2232» raqami chiqarib tashlansin;

10) 287-modda birinchi qismining 1-bandi «188» raqamidan keyin «1883» raqami bilan toʻldirilsin.

4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan 161–I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 yil, 1-songa ilova; 1997 yil, № 2, 65-modda; 1998 yil, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 112, 124-moddalar, № 9, 229-modda; 2001 yil, № 5, 89-modda, № 9–10, 182-modda; 2002 yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 9, 312-modda; 2009 yil, № 12, 470, 471-moddalar; 2010 yil, № 12, 472-modda; 2012 yil, № 9/1, 238-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda; 2015 yil, № 8, 312-modda; 2016 yil, № 4, 125-modda, № 12, 383-modda; 2017 yil, № 9, 510-modda,
№ 10, 605-modda; 2018 yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 431-modda, № 10, 677-modda) 80-moddasining uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Agar ishga kirayotgan shaxsning pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjati haqiqiy boʻlmasa, uni ishga qabul qilish rad etilishi mumkin».

5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997 yil 30 avgustda qabul qilingan «Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi toʻgʻrisida»gi 483–I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 yil, № 9, 239-modda; 2003 yil, № 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 4, 157-modda; 2016 yil, № 12, 383-modda; 2017 yil, № 4, 137-modda, № 10, 605-modda; 2018 yil, № 1, 4-modda) quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:

1) 2-modda quyidagi mazmundagi oʻn sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

«energetik ichimliklar – tarkibida 150 mg/l.dan ortiq miqdorda kofein va (yoki) inson organizmiga tonusni oʻzgartiruvchi taʼsir koʻrsatish uchun yetarli miqdordagi boshqa komponentlar mavjud boʻlgan ichimliklar»;

2) 14-modda quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:

“Energetik ichimliklarning oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarga realizatsiya qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi”.

6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 25 dekabrda qabul qilingan «Reklama toʻgʻrisida»gi 723–I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999 yil, № 1, 14-modda; 2002 yil, № 9, 164-modda; 2003 yil, № 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 12, 413-modda; 2006 yil, № 4, 154-modda, № 10, 536-modda; 2008 yil, № 4, 186-modda; 2010 yil, № 9, 339-modda, № 10, 380-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda; 2018 yil, № 1, 1-modda, № 4, 224-modda) quyidagi mazmundagi 221-modda bilan toʻldirilsin:

«221-modda. Energetik ichimliklar reklamasi

Energetik ichimliklar reklamasida bunday ichimliklarni haddan ziyod isteʼmol qilishning zarari toʻgʻrisidagi ogohlantirish, shuningdek bunday ichimliklarni isteʼmol qilish tavsiya etilmaydigan shaxslar haqidagi axborot mavjud boʻlishi kerak.

Energetik ichimliklar reklamasi ichimliklarni isteʼmol qilish jarayonlarini namoyish etmasligi, ushbu jarayonlar isteʼmolchilarning ijtimoiy va sportga oid muvaffaqiyatga erishishi yoki jismoniy hamda ruhiy holati yaxshilanishi uchun muhim ahamiyatga ega degan taassurotni yuzaga keltirmasligi kerak.

Quyidagilar taqiqlanadi:

soat 7-00 dan soat 22-00 ga qadar energetik ichimliklarni televideniye va radio orqali reklama qilish;

reklama qilish maqsadida energetik ichimliklar namunalarini oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar orasida tekin tarqatish;

asosan oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar uchun moʻljallangan tadbirlarga homiylik qilish, agar bunda energetik ichimliklarning nomidan, tovar belgisidan yoki tasviridan foydalaniladigan boʻlsa;

oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar orasida energetik ichimliklarning nomi, tovar belgisi yoki tasviri tushirilgan tovarlarni (futbolkalar, bosh kiyimlar, oʻyinlarni va shu kabilarni) tarqatish, shu jumladan sotish;

asosan bolalar va oʻsmirlar uchun moʻljallangan bosma nashrlarda, shuningdek tibbiyot, sport va taʼlim muassasalarida energetik ichimliklarni reklama qilish».

7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;

ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.

8-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Ushbu Qonun 3-moddasining 2-bandi, 5 va 6-moddalari mazkur Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach amalga kiritiladi.

Oʻzbekiston Respublikasining

Prezidenti                                     Sh. Mirziyoyev

 

O’zA