Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti
Muhammad Ashraf G‘ani
Janobi Oliylariga
Janobi Oliylari,
Afg‘onistonning poytaxti Qobul shahrida va G‘ur viloyatida ro‘y bergan bir necha qabih terrorchilik xurujlar natijasida ko‘plab insonlarning halok bo‘lgani haqidagi xabar bizni chuqur qayg‘uga soldi.
Ushbu musibatli damlarda, Siz Janobi Oliylariga hamda marhumlarning yaqinlariga samimiy ta’ziya va hamdardlik izhor etamiz. Olloh subhonahu va taolodan ularga sabr-toqat va bardamlik, jarohatlanganlarga esa shifo ato etishini so‘rab qolamiz.
Qayg‘u ila,
Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Toshkent shahri, 2017-yil 22-oktabr