Oʻzbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlari qoʻl jangi federatsiyasida 2018 yil yakunlariga bagʻishlangan konferensiya boʻlib oʻtdi.
Konferensiyada federatsiya raisi oʻrinbosari hisoboti tinglandi. Kun tartibidan oʻrin olgan ijroiya qoʻmitasi, nazorat-taftish komissiyasi aʼzolari qayta saylandi. Shuningdek, federatsiya ramzini oʻzgartirish boʻyicha fikr almashildi. Yigʻilish yakunida, turli nominatsiya gʻoliblari taqdirlandi.
Muhammad Amin (surat), OʻzA