Oʻzbekistonda issiqxona xoʻjaligini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari belgilandi

Meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarishning klaster shakli davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida joriy qilinadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-noyabrda “Issiqxona komplekslarini rivojlantirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

• meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, saralash, kalibrlash, qadoqlash va eksport qilishning butun zanjirini oʻz ichiga oluvchi meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarishning klaster shaklini, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida joriy qilish;

• energiyaning muqobil manbalari, energiya samarador va energiya tejamkor texnologiyalardan foydalangan holda zamonaviy issiqxona komplekslarini yaratish;

• issiqxona komplekslarini ular joylashgan hududning oʻziga xos xususiyatlari, tuproq-iqlim sharoitlari, yetishtirilayotgan qishloq xoʻjaligi ekinlari turlari, tutash infratuzilma va logistika obyektlari, hududlarning energiya resurslari bilan taʼminlanish darajasi va issiqxona xoʻjaligi samaradorligiga taʼsir etuvchi boshqa omillarni hisobga olgan holda joylashtirish;

• bozor konʼyunkturasi tahlili asosida va qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirishning zamonaviy usullarini qoʻllagan holda ishlab chiqarilayotgan ekologik toza meva-sabzavot mahsulotlari turlarini kengaytirish;

• import qiluvchi davlatlar bilan yaqin aloqalar oʻrnatish va eksport qilinayotgan mahsulotlar sifatini yaxshilash yoʻli bilan meva-sabzavot mahsulotlari eksporti geografiyasini kengaytirish va hajmini koʻpaytirish;

• mazkur qaror talablari asosida issiqxona xoʻjaligi sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, mehnat bozorida ushbu yoʻnalishdagi malakali mutaxassislarga boʻlgan talabni toʻliq qondirish.

 

OʻzA