Bosh konsulxona Oʻzbekiston fuqarolari hamda yuridik shaxslariga sifatli konsullik-huquqiy yordam koʻrsatadi.
Prezident qarori bilan Rostov-Don shahrida (Rossiya Federatsiyasi) Oʻzbekiston Respublikasining Bosh konsulxonasi ochildi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali maʼlum qildi.
Bosh konsulxona Oʻzbekiston fuqarolari hamda yuridik shaxslariga sifatli konsullik-huquqiy yordam koʻrsatadi, shuningdek, mehnat faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda mehnat migrantlari boʻlib turgan davlatda ularning huquq va qonuniy manfaatlarini amalga oshirishlarida koʻmaklashadi.
Shu munosabat bilan Tashqi ishlar vazirligiga masʼul vazirlik va idoralar bilan birgalikda Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxonani konsullik-huquqiy yordam koʻrsatish va mehnat migrantlari masalalari boʻyicha mutaxassislar bilan toʻldirish vazifasi topshirildi.