Mamlakatimizda ilk bor oʻtkaziladigan I xalqaro turizm investitsion forum oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida Oʻzbekiston sayyohlik salohiyatiga oid statistik maʼlumotlar ham taqdim etildi.

Ularga koʻra, joriy yilning oʻtgan 10 davomida mamlakatimizga kelgan xorijlik mehmonlar soni 4,4 million nafarni tashkil etgan. Ushbu raqamni oʻtgan yil bilan solishtirganda miqdor 2 baravarga oshganini koʻrish mumkin. Yaʼni 2017-yilda yurtimizga 2,2 million xorijlik tashrif buyurgan.

Oʻzbekistonda 18 mamlakat uchun viza rejimi, 50 mamlakatga kirish vizalarining soddalashtirilgan tartibi, 101 mamlakat uchun tranzit vizalari joriy qilingan.

Yurtimizga kelgan har bir sayyoh oʻrtacha hisobda 617 dollar pul sarflaydi.

 

Malohat Husanova, OʻzA