Toshkentda “Yandeks.Mahalla“ xizmati ishlashni boshladi. Bu yerda insonlar qoʻshnilar bilan oʻz tumani yangiliklarini muhokama qiladilar, eʼlonlarni joylashtiradi, yaqin-atrofdagi qiziqarli hodisalar haqida bilib oladilar. Bungacha xizmat faqat Rossiyada “Yandeks.Tuman“ nomi bilan faoliyat koʻrsatayotgan edi.
Toshkent shahridagi 11 ta tumanning har birida foydalanuvchilar mahalliy yangiliklarni oʻqishi mumkin boʻlgan hamjamiyatlar mavjud: masalan, koʻchaning narigi yuzida doʻkon ochilishi, sport toʻgaragiga tanlov yoki chiroq oʻrnatilishi haqida. Hamjamiyatlarda insonlar bir-birlari bilan maslahatlashadilar va eʼlonlar joylashtiradilar — narsalar sotadilar, ish qidiradilar, uy hayvonlarini boshqalarga beradilar. Repetitor, ishchi yoki enagalar qoʻshnilarga oʻz xizmatlarini taklif qilishlari, tadbirkorlar esa — chegirma, yangi tovar va xizmatlar haqida soʻzlab berishlari mumkin.
Tuman hokimliklari “Yandeks.Mahalla“da oʻzlarining rasmiy hisob qaydnomalarini yuritadilar, poytaxt hokimiyati qoshidagi Jamoat maslahati organi foydalanuvchilarga javob berish uchun ularni kuzatib boradilar. Endilikda Toshkent aholisining mahalliy muammolar haqida shahar hukumatiga murojaat qilishi va soʻrashi osonlashadi, masalan, yoʻl qachon taʼmirlanishi yoki bolalar bogʻchasi qachon ochilishi haqida.
“Toshkent “Yandeks.Tuman“ Rossiyadan tashqarida ishlashni boshlagan birinchi shaharga aylandi. Xizmatni Oʻzbekistonda ishga tushirish vaqtida biz birinchi navbatda mahalliy aholi ehtiyojlarini hisobga oldik: masalan, ham oʻzbek tilida, ham rus tilida yozish imkoniyatini qoʻshdik, shuningdek, maydonlarga mahalliy nomlarni berdik”, deydi Yandeksning Oʻzbekistondagi hududiy direktori.
“Yandeks.Tuman“ xizmati ishlaydigan shaharlar aholisi turli savollarni muhokama qilishadi: Novosibirsk uylaridagi sovuq isitish batareyalarini, Sankt-Peterburgning asosiy kirishiga oʻrnatilgan axlat tuvaklarini, Krasnodarda ochilgan tarixiy xiyobonni yoki Moskva shahridagi munitsipial deputatlar ishini. Bizningcha, Toshkentda ham xizmat ommalashadi va qoʻshnilar onlayn suhbatlarining asosiy joyiga aylanadi”, deydi “Yandeks.Tuman” xizmati rahbari Tatyana Gorelik.
“Yandeks.Tuman” 2016 yilda paydo boʻlgan va hozirda unda oʻndan ortiq shahar aholisi gaplashmoqda: Moskva, Sankt-Peterburg, Krasnodar va boshqalar. Xizmatning oy davomidagi auditoriyasi 3,5 million foydalanuvchidan ortadi.
OʻzA