Oʻzbekiston Respublikasi Aksiyadorlik-tijorat Xalq banki malakali mutaxassislar tanlovini eʼlon qiladi

Yoʻnalish
 
  • Bank biznes-jarayonlarini optimallashtirish boʻyicha xodimlar.
Vakansiyaning taʼrifi
 
  • Oʻz saʼy-harakatlarini barcha sohalarda samaradorlik va barqarorlikni oshirishga yoʻnaltiradi;
  • Amalga oshirilayotgan biznes-jarayonlarning samaradorligini tahlil qiladi va baholaydi;
  • Barqaror, takrorlanuvchi va hisobga oid jarayonlarni rivojlantiradi va yaxshilaydi;
  • Tashkilot ichida ham, tashqarisida ham eng samarali amaliyotlarni tadqiq qiladi, ularning samaradorligini baholaydi;
  • Doimiy ravishda takomillashtirishning turli vositalari va usullaridan foydalangan holda yangi biznes-jarayonlarni rivojlantiradi va optimallashtiradi;
  • Taʼsirchan amaliy qarorlarni qabul qilishga yoʻnaltirilgan ishbilarmonlik munosabatlari va taomillarini amaliyotga joriy etish uchun maʼlumotlarni toʻplaydi, tahlil qiladi va ularga ishlov beradi. Ushbu qarorlar murakkabliklarni kamaytirishga, mijozlarga xizmat koʻrsatishni yaxshilashga koʻmaklashadi, samaradorlikni oshirishga yoki tannarxni kamaytirishga xizmat qiladi;
  • Qarorlarni amaliyotga muvaffaqiyatli joriy etish uchun ishchi guruhlar/jamoalar bilan birga ishlarni tashkil qiladi;
  • Biznes-jarayonlarni opimallashtirish boʻyicha vositalarnitushuntirish va ularni amaliyotga joriy qilish uchun jamoa/murabbiylarni toʻplaydi.
Asosiy funksiyalar
 
  • Biznes-jarayonlarni birgalikda loyihalashtirish orqali ularni boshqarish, rivojlantirish, optimallashtirish va yashovchanligini taʼminlash;
  • Biznes jarayonlarni loyihalashtirish va yaxshilash jarayonida yuqori boʻgʻin rahbarlari va ushbu sohalardagi mutaxassislar bilan yaqin hamkorlikda ish olib borish;
  • Asosiy manfaatdor tomonlar bilan birgalikda biznes-jarayonlarni joriy qilish, metrikasi, nazorati va uslubiy taʼminotini amalga oshirishda ishtirok etish;
  • Biznes-jarayonlarning joriy nazorati va boshqaruvini taʼminlash boʻyicha meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqish;
  • Natijalarni umumlashtirish va ular haqida xabar berish, biznes-jarayon yetakchilariga va ish yuzasidan tavsiyalar berish;
  • Butun tashkilot xodimlari oʻrtasida oʻzini oʻzi takomillashtirish tushunchasini joriy etish;
  • Ishbilarmonlik sheriklari va soha muxatassislari bilan hamkorlikda masalalarni hal qilish va yangi imkoniyatlarni izlab topish jarayonlarini yaxshilash va samaradorligini oshirish jarayonlarini boshqarish;
  • Biznes-jarayonlarini nazorat qilish va optimallashtirilishini loyihalashtirish jarayonida ishchi modellashtirish, oʻqitish va treninglar vositasida boshqa xodimlarni qayta oʻqitish jarayonini tashkil qilish va yaxshilash;
  • Loyihaviy tadqiqotlar tajribasi va natijalariga tayangan holda jamoat tomonidan jarayonlarni optimallashtirishda foydalaniladigan vosita va uslubiyotlar kompleksini joriy etishga koʻmaklashish;
  • Korxonada optimallashtirish jarayonida malakali mutaxassislarning oʻzaro hamkorligida faol koʻmaklashish.
Asosiy talablar
 
Bilim va tajriba:
 
  • Tegishli ish sohasi boʻyicha bakalavr darajasi talab qilinadi, ilmiy daraja boʻlishi maʼqullanadi;
  • Texnologik jarayonlarni loyihalashtirish, ishlab chiqish va joriy etish borasidagi ish tajribasi;
  • Jarayonlarni optimallashtirishva vositalar boʻyicha bilim va tajriba (masalan, Lean, Six Sigma yoki Kaizen ).
Maʼqullanadigan koʻnikmalar:
 
  • Yangi jarayonlar/taomillar joriy etilishini samarali osonlashtirish layoqati, jarayonlarni maʼqullash va joriy qilishga taʼsir koʻrsatish koʻnikmalari mavjudligi;
  • Maʼlumotlarni toʻplash/tahlil qilish, jarayonlar xaritasini tuzish, gep-tahlillarni bajarish va qarorlari ishlab chiqish muammolarini tahlil qilish va hal qilish layoqati;
  • Loyihalarni boshqarish, maʼlumotlarni toʻplash, rejalarni tizimlashtirish, tavsiyalarni ifodalash va qarorlarni joriy qilish layoqati;
  • Intellektual qiziquvchanlikni namoyish qiladi;
  • Ogʻzaki va yozma muloqot/taqdimotlar boʻyicha aʼlo koʻnikmalar;
  • Yirik tashkilotda muvaffaqiyatli hamkorlik va navigatsiya boʻyicha koʻnikmalar mavjudligi;
  • Yaqqol ifodalangan tashkilotchilik koʻnikmalari va oʻzgarishlarga moslashishga oid maʼlumotlar;
  • Yuqori darajali firmalarda boshqaruv masalalarida maslahatlashish tajribasi maʼqullanadi.
Lavozim
 
  • Xodimning salohiyatidan kelib chiqqan holda (Boshqarma boshligʻi oʻrinbosari, Boʻlim boshligʻi, Bosh mutaxassis).
Ish haqi
 
  • Kelishuvga koʻra (suhbatlashish natijalari asosida).
Kontaktlar
 
  • hr@xb.uz
  • (71) 120-17-34

 

O’zA