“Fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini taʼminlashda jamoatchilik nazoratini yuksaltirish” mavzusida davlat granti qoʻshimcha tanlovini
EʼLON QILADI
Tanlovga nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining quyidagi ijtimoiy maqsadlarni amalga oshirishni nazarda tutgan loyihalari qabul qilinadi:
1. Fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini va qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini, ularga rioya etilishini keng targʻib qilish.
2. Majburiy mehnatning oldini olish boʻyicha davlat organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qilish organlari bilan ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish.
3. Mehnat qonunchiligi talablarining bajarilishi, majburiy mehnatga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan aholi bilan ochiq muloqot mexanizmlarini joriy etish.
4. Uyushmagan, ishsiz fuqarolar bandligini taʼminlashga, ularni tadbirkorlik va oilaviy biznesning turli shakllariga keng jalb qilishga koʻmaklashish.
5. Davlat vakillik organlarining fuqarolarni kafolatlangan mehnat huquqlarini taʼminlash masalalari boʻyicha hududiy komissiyalari bilan hamkorlikda jamoatchilik nazoratini amalga oshirish.
6. Bolalar mehnati va majburiy mehnat masalalari boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash bilan hamkorlikda erishilgan ijobiy natijalar barqarorligini taʼminlash chora-tadbirlariga koʻmaklashish.
Davlat granti tanlovida ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
1. Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati.
2. www.fundngo.uz veb-saytida joylashtirilgan shaklda toʻldirilgan davlat granti loyihasi uchun ariza.
3. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan Ustav (Nizomi) hamda guvohnomaning muhr bilan tasdiqlangan nusxasi.
4. Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda litsenziyaning nusxasi taqdim etiladi.
5. Manfaatdor davlat va yirik jamoat tashkilotlari bilan tuzilgan ijtimoiy sheriklik qoʻshma rejalari ilova qilinishi mumkin.
Bitta loyiha uchun davlat granti miqdori 30 million soʻmgacha.
Hujjatlar 2018 yil 26 oktyabrdan 28 noyabrgacha qabul qilinadi.
Hujjatlar “Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi” nomiga:
100163, Toshkent shahri, Islom Karimov koʻchasi, 43-uymanziliga “Oʻzbekiston pochtasi” orqali muhrlangan konvertda (A4 formatda) yuborilishi shart.
Hujjatlar namunalari bilan Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining www.fundngo.uz rasmiy veb-saytida tanishish mumkin.
Maʼlumot uchun telefonlar: (0-371) 239-26-76, 239-26-86.
O’zA