Ilgari bu miqdor 500 baravarni tashkil etgan.
Hukumat qarori bilan “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki faoliyatini tashkil etish va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali maʼlum qildi.
Endilikda mikrokreditlar tadbirkorlikni boshlash va rivojlantirish (kengaytirish), shu jumladan, ishlab chiqarishni texnologik jihozlash va modernizatsiya qilish uchun zamonaviy texnologik uskunalar va texnikalar sotib olishga, shuningdek, aylanma mablagʻlarni toʻldirishga beriladi.
Mikrokreditlar tadbirkorlikni rivojlantirish (kengaytirish) va aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun kichik tadbirkorlik subyektlariga (shu jumladan, mikrofirmalar, kichik korxonalarga), dehqon va fermer xoʻjaliklariga 24 oygacha muddat bilan eng kam oylik ish haqining 1000 baravarigacha miqdorda beriladi. Ilgari bu miqdor 500 baravarni tashkil etgan.
OʻzA