Kasb-hunar kollejlariga 2018/2019 oʻquv yilida umumiy oʻrta maʼlumot (11-sinf) va oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotiga ega shaxslarni toʻlov-shartnoma asosida ikkinchi va undan keyingi taʼlimni olish boʻyicha hujjatlar qabul qilinadi. Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi xabar qildi.
Qabul joriy yilning 1 oktyabridan 25 oktyabriga qadar davom etadi va 1 noyabrdan boshlab har bir kasb-hunar kollejida qabul qilingan kasblar boʻyicha guruhlar shakllantirilib, oʻquv jarayonlari tashkil etiladi.
Oʻqish muddati 1 yil 8 oy. Toʻlov-shartnoma miqdori tanlangan kasb (mutaxassislik)lar boʻyicha belgilanadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalarida oʻquvchilarni qabul qilish boʻyicha doimiy ishlovchi kamida 5 nafardan iborat Shtab tashkil qilingan hamda fuqarolarni murojat qilishi uchun tegishli sharoitlar yaratilgan.