ONLAYN. 1 noyabrgacha tadbirkorlarga tabiiy gaz yetkazib berishda uzilishlar boʻlmaydi

Xalqaro Press-klubda “Energetika resurslari: islohotlar davrida tejamkorlik va isteʼmol madaniyatidagi muammolarning tahlili” mavzusiga bagʻishlangan anjuman davom etmoqda.
Joriy yilda Respublika boʻyicha barcha tadbirkorlik subyektlariga 1-noyabrga qadar tabiiy gaz taʼminoti uzilishlar boʻlmaydi. Bu haqida “Oʻztransgaz” AJ axborot xizmati rahbari Laʼlixon Sobirova maʼlum qildi.
“Avvallari tadbirkorlar uchun ham gaz taʼminoti tez-tez uzib qoʻyilgan va bundan yirik zavod, fabrikalar katta zarar koʻrgan. Bu yildan bu kabi muammolar bartaraf etiladi. Joriy yilda Respublika boʻyicha barcha tadbirkorlik subyektlariga 1-noyabrga qadar tabiiy gaz taʼminoti uzilishlar boʻlmaydi. Shuningdek, yil davomida ham tadbirkorlik subyektlarini uzluksiz ravishda gaz bilan taʼminlash masalalari koʻrilmoqda”, deya taʼkidladi L.Sobirova.

 

O`zA