Qoraqalpogʻistonda ikkita tuman hokimi oʻzgardi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xoʻjayli va Qanlikoʻl tumanlari hokimlari oʻzgardi.
Xoʻjayli tumaniga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Majburiy ijro byurosi boshligʻi lavozimida ishlab kelgan Jenis Yermashev, Qanlikoʻl tumaniga esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri lavozimida ishlab kelgan Baxtibay Annaqulov hokim lavozimiga tayinlangan.
Xoʻjayli tumanini shu paytgacha Daryabay Qaipov, Qanlikoʻl tumanini Mels Qosnazarov boshqarib kelgan edi.

 

OʻzA