"MAKRO” savdo-koʻngilochar markazida yongʻin sodir boʻldi

Oʻzbekiston Respublikasi IIV Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmasidan olingan xabarga koʻra, bugun soat 16.31da Toshkent shahar IIBB Kuch va vositalarni boshqarish va muvofiqlashtirish markaziga, Mirobod tumani, Nukus koʻchasi 83-uyda joylashgan “MAKRO” savdo-koʻngilochar markazining yertoʻlasida joylashgan Bouling klubida yongʻin sodir boʻlayotganligi haqida xabar tushgan.
 
photo_2018-09-28_22-34-58.jpg
IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining bergan axborotiga koʻra, jangovar boʻlinmalar tomonidan koʻrilgan tezkor harakatlar natijasida yongʻin soat 17.20da bartaraf etilgan. Yongʻin oqibatida Bouling klubi uskunasining dvigateli va devor qoplamasi 15 kv.m. maydonda yongan.
Yongʻin sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Jabrlanganlar yoʻq.

 

O’zA