Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifi yakunlandi.
Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati maʼlum qildi.
Davlatimiz rahbari 27 sentabr kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashdi. Prezidentlar Dushanbe va Tursunzoda shaharlarida qator obyektlarga tashrif buyurdi.
Shavkat Mirziyoyev 28 sentabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etdi.
Oʻzbekiston delegatsiyasi Toshkentga joʻnab ketdi. Dushanbe xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzoda kuzatib qoʻydi.
OʻzA