Ayni paytda AQSHda 50 million muhojir mavjud boʻlib, bu dunyodagi barcha muhojirlarning 20 foizini tashkil etadi. Ularning necha nafari Oʻzbekistonning sobiq fuqarolari?
Pew Research Center tadqiqot markazi maʼlumotlariga koʻra, 2017-yilgacha AQSHda 49,8 million nafar kishi boshqa mamlakatlarda tugʻilgan. Eng koʻpi meksikaliklar (12,7 million) sanaladi. Keyingi oʻrinlarda xitoyliklar (2,4 million), hindular (2,3 million), filipinlar (2,1 million)…
Oʻzbekiston sobiq Ittifoq mamlakatlari orasida 4-oʻrinda turadi. Ayni paytda AQSHda 60 ming vatandoshimiz yashaydi.
OʻzA