Fuqarolar bilan har kunlik muloqot qilish yo‘lga qo‘yilmoqda

333

To‘rtko‘l tumani Xalq qabulxonasi binosida tuman hokimi I.Xudaybergenov ishtirokida fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Unda tegishli tashkilot va idora rahbarlari ham ishtirok etib, murojaatlar yuzasidan joyida munosabat bildirishdi.

E’tiborga molik jihati shundaki, fuqarolarning muammolarini tezkor va samarali hal etish maqsadida bunday qabullar endilikda har kuni tashkil etiladigan bo‘ldi. Bu esa aholining talab va ehtiyojlarini to‘g’ridan-to‘g’ri mas’ullar ishtirokida eshitish va hal etish imkonini yaratadi.

Tuman hokimligi Axborot xizmati bo‘limining ma’lumotiga ko‘ra, har kunlik qabullar orqali tuman aholisiga davlat idoralari bilan muloqot qilish ancha osonlashadi. Murojaatlarning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi, muammolarga tezkor echim topilishi aholi roziligini oshirishga xizmat qiladi.

Bu tashabbus orqali davlat bilan fuqaro o‘rtasidagi munosabatlar yanada yaqinlashadi, joylardagi masalalar esa kechiktirilmasdan hal etiladi.

Qoraqalpog’iston axborot agentligi