Turkmanistonda banan yetishtirilmoqda

Taxminan 30-40 tonna hosil toʻplanishi kutilmoqda.
Bu haqda Turkmaniston sanoatchilari va tadbirkorlari Uyushmasi maʻlum qildi.
Turkmanistonning Mari viloyatidagi “Frexar” kompaniyasi 1 gektar hududni qamrab olgan issiqxonada banan yetishtirayotgani haqida maʻlum qilindi. Xabarlarga koʻra, issiqxonaga oʻtqazilgan koʻchatlar Turkiyadan olib kelingan. Tadbirkorlar birinchi banan hosilini dekabr oʻrtalarida yigʻib olishni rejalashtirmoqda. Taxminan 30-40 tonna hosil toʻplanishi kutilmoqda.

 

OʻzA