O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan ulug‘ ayyom kunlarida butun mamlakatimiz bo‘ylab saxovat tadbirlari o‘tkazildi.
Tadbirlar doirasida mehrga muhtoj bo‘lgan nogiron va bemor insonlar holidan xabar olib, yolg‘iz qariyalar, muruvvat uylari, boquvchisini yo‘qotgan kam ta’minlangan oilalar, mehnat faxriylarining xonadonlariga tashrif buyurildi.
Ehtiyojmand ayollarning oilalariga moddiy yordamlar ko‘rsatilib, oziq-ovqat, maishiy texnika mahsulotlari, nogironlik aravachalari sovg‘a sifatida ulashildi.
Bayram kunlari o‘tkazilgan muhim tadbirlardan biri bu yuzlab nogironligi bor, og‘ir ijtimoiy vaziyatda qolgan ayollarga yangi uylarning kalitlarining topshirilganligi bo‘ldi. Shuningdek ayollarning bandligini ta’minlash maqsadida yangi uylarning birinchi qavatlarida tikuv sexlari ochilib, yangi ish o‘rinlari yaratildi.
O‘zbekiston Xotin-qizlari qo‘mitasi Matbuot xizmati
O’zA