Falastinning XAMAS harakati siyosiy byurosi yetakchilari ayni dam Dohada emas, lekin guruhning Qatar poytaxtidagi idorasi yopilmagan. Bu haqda ushbu arab davlati Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Majid bin Muhammad Al-Ansoriy brifingda ma’lum qildi.

– Ular hozir Dohada emas, biz vositachilik harakatimizni to‘xtatdik, – degan u.