Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi davom etmoqda. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlamoqda.

Prezidentimiz aytilgan dolzarb vazifalarni bajarishda yangi Hukumatning Qonunchilik palatasi bilan yanada samarali hamkorlik olib borishi muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

Shu nuqtai nazardan Vazirlar Mahkamasi oldida turgan ustuvor vazifalar belgilab berildi.

Avvalambor, ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini odamlarga yanada yaqinlashtirish lozim.

Prezident xalq davlat idoralariga emas, aksincha, davlat tashkilotlari xalqqa, uning qonuniy manfaatlarini ta’minlashga xizmat qilishi zarur, degan talab barcha rahbar kadrlar faoliyatining asosiy mezoni ekanini eslatdi.

Qonun qabul qilindimi, u albatta ishlashi, odamlar hayotida sezilarli o‘zgarish qilishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

Qonunlar ijrosi Oliy Majlis palatalarining tegishli qo‘mitasi va mas’ul ijro etuvchi organ bilan birgalikda o‘rganib borilishi muhim ahamiyatga ega.

O‘zA