Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi chaqiriq Oliy Majlis Senatining birinchi majlisida ishtirok etmoqda.
So‘nggi besh yilda “Korrupsiyaning mavjud emasligi” ko‘rsatkichida O‘zbekiston 23 pog‘ona yuqori ko‘tarilib, 2023 yilda 140 ta mamlakat orasida 66-o‘rinni egalladi va Markaziy Osiyo mintaqasida bu yo‘nalishda sezilarli ijobiy ko‘rsatkichni namoyish etdi.
Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining shaffofligini baholash bo‘yicha “Ochiqlik indeksi” joriy etildi.
Biroq, bu borada hali yechimini kutayotgan masalalar ham yetarli ekani ta’kidlandi.
O‘tgan yili korrupsiyaga oid jinoyatlar 12 foizga kamaygan bo‘lsa-da, 6 ming 500 nafar shaxs korrupsiyada ayblanib, javobgarlikka tortilgan.
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha parlament nazoratini, butun jamiyatimiz ishtirokini yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Prezident Senatni aholi va davlat xizmatchilarining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirish, yosh avlod ongiga qonunga hurmat, to‘g‘rilik va halol mehnat tushunchalarini singdirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqishga chaqirdi.
O‘zA