Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi chaqiriq Oliy Majlis Senatining birinchi majlisida ishtirok etmoqda.
Senat tomonidan Sudyalar oliy kengashining barcha a’zolarini saylash tizimi yo‘lga qo‘yilgani sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Senatning ushbu konstitutsiyaviy vakolati faqat nomzodlarni tasdiqlash bilan cheklanib qolmasligi kerakligi ta’kidlandi.
Yuqori palata qo‘mitalarida nomzodlarning faoliyati bilan tanishish va baho berish, ular haqida xulosa berish amaliyotini yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiq.
Shu bilan birga, sudyalarning maqomi va sudyalar hamjamiyati organlari faoliyatining huquqiy asosini, sud tizimini moliyalashtirish uchun mablag‘lar ajratishda ushbu hamjamiyatning ishtirok etish kafolatlarini alohida qonunlar bilan belgilaydigan vaqt kelgani qayd etildi.
O‘zA