Qozon shahrida suvga sakrash bo‘yicha o‘tkazilgan “Tatariston raisi kubogi” musobaqasida terma jamoamiz a’zolari muvaffaqiyatli ishtirokini davom ettirmoqda.
Nufuzli musobaqada tramplindan sakrash dasturida hamyurtlarimiz Vyacheslav Kachanov va Igor Myalin 324,93 ball jamg‘ardi va yakunda shohsupaning ikkinchi o‘rnidan joy oldi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu xalqaro turnirning dastlabki kunida 3 metr balandlikdan sakrash dasturida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Vyacheslav Kachanov 406,35 ball jamg‘arib, kumush medalga sazovor bo‘lgan edi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA