AQSHda prezidentlik sayloviga bir necha kun qoldi, So‘rovlar natijasi demokrat nomzod Kamala Xarrisga ham, uning raqibi Donald Trampga ham yon bosmayapti. Tabiiyki, mamlakatning eng yuqori lavozimiga da’vogarlar tashviqotni faol davom ettiryapti. O‘zaro ayblov, kamsitish va haqorat intervyu, bahs-munozara va mitingda baralla yangramoqda. Bu jarayonda mashhurlardan foydalanish esa Amerika siyosatining ajralmas qismidir.

Masalan, xonanda Beyonse Xarrisning saylov oldi tashviqotiga bosh-qosh bo‘ldi, Eminem esa sobiq prezident Barak Obama nutqi oldidan demokrat tarafdorlariga dalda bo‘lish bilan ovora. AQSH OAV e’tiborni amaldagi Prezident Jo Bayden tashviqot tadbirlaridan chetlatilganiga qaratayotgani “tomosha”ni yanada qizdiryapti. Ta’kidlanishicha, Xarris saylov oldi kampaniyasida davlat rahbari ishtirokiga rozi bo‘lmagan. Ya’ni, uni foydali shaxs, deb hisoblamagan emish.

Bundan bir oy avval bir asrlik yubileyini nishonlagan Amerikaning eng keksa siyosatchisi, sobiq prezident Jimmi Karter 5 noyabr kuni albatta saylov uchastkasiga kelishi va Kamalaga ovoz berishini ma’lum qildi.

Экс-prezidentu США исполniлось 100 лет

Kuni kecha mashhur aktyor, Kaliforniya shtati sobiq gubernatori Arnold Shvarsenegger ham Xarrisni qo‘llashini aytdi.

– Men Kamala Xarris va Tim Uolsni yoqlayman, – deb yozdi u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Milliarder Ilon Mask esa muntazam ravishda Trampni qo‘llab-quvvatlamoqda.

Har ikki nomzod saylovchilarni muddatidan oldin ovoz berishga chaqirgan. Hozirgacha 50 milliondan ko‘p amerikalik, jumladan vitse-prezidentlikka da’vogar Tim Uols va Baydenning o‘zi ham tanlov qilib bo‘ldi. Bu borada Florida, Texas va Kaliforniya aholisi faollik ko‘rsatdi.

Yaqinda “Forbes” jurnali mamlakatning eng mashhur boylari kim tomonida ekani xaqida ma’lumot berdi. Bu borada Kamalaning omadi chopgan, chamasi. Zero, 76 nafar milliarder uning yonini olyapti. Respublikachi raqib nomzodini ilgari surayotgan milliarderlar esa 49 kishi.

Jurnal yozishicha, Xarris tarafdorlari orasida Nyu-York sobiq meri Maykl Blumberg, “LinkedIn” ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Rid Xoffman, “Facebook” egasi Dastin Moskovits, “Google” sobiq bosh direktori Erik Shmidt, kinorejissyor Stiven Spilberg, “Netflix” kompaniyasi rahbari Rid Xastings va AQSHning Ukrainadagi iqtisodiy tiklanish masalalari bo‘yicha maxsus vakili Penni Pritsker bor.

Trampning yonida esa amerikalik sanoat magnatlari, jumladan “CrownQuest Operating”  neft va gaz kompaniyasi bosh ijrochi direktori Timoti Dann, Amerikaning “Home Depot” chakana savdo tarmog‘i asoschilaridan biri, tadbirkor Xarold Xamm turibdi.

Шuningдек, ayrim milliarderlar hech kimni yoqlamayotgani ham ta’kidlangan. Masalan, “Amazon” asoschisi Jeff Bezos, “Meta” sohibi Mark Sukerberg, “Microsoft” korporatsiyasi xo‘jayini Bill Geyts va “Google” ta’sischilaridan sanalgan Sergey Brin nomzodlar borasida hanuz fikr bildirgani yo‘q.

“AQSH Prezidenti kim bo‘lishi mumkin?”, savoli javobini topishga nafaqat mashhur siyosatchi, davlat arbobi va taniqli nashrlar urinmoqda, balki bir qarashda siyosatdan nari tuyulgan bukmeker, folbin yoki astrologlar ham  g‘olib nomini oldindan aytib, omma e’tiborini jalb etishga kirishib ketgan. Masalan, “Election Betting Odds” portali amerikalik bukmekerlar Trampning g‘alaba qozonish imkoniyatini yuqori baholayotganini yozgan.

Инаuгuрация prezidentа США — Википедия

Yaqinda Nyu-Yorkda yashovchi folbin Anna “RIA Novosti” agentligiga bo‘lajak prezidentlik saylovida Donald yutishi va “ko‘pchilik” Kamalaning mag‘lubiyatidan norozi bo‘lishini bashorat qildi.

Американская politsiya заявила об uгрозе в адрес законодателей, пишuт СМИ -  RIA Novosti, 15.07.2024

Amerikaliklarning mutlaq ko‘pchiligi, deyarli uchdan ikki qismi saylovdan keyin zo‘ravonlik kuchayishi mumkinligini aytyapti, yanayam ko‘proq odam Tramp mag‘lubiyatni tan olmasligi kutilyapti. Shu bois ayrim vashingtonliklar saylov oldidan poytaxtni tark etmoqda. Oq uy muddatidan oldin qo‘shimcha panjara bilan o‘ralgan. Yana bir yangilik: Xarris jamoasi g‘alabani erta e’lon qilish uchun tayyorgarlik ko‘rayotgani ham taxmin qilinmoqda.

Donald Tramp 2020 yil mag‘lubiyatini tan olmagan va uning tarafdorlari Kongress natijani tasdiqlagan kuni, ya’ni 2021 yil 6 yanvarda Kapitoliyga bostirib kirgan.

Shundan kelib chiqib, hozir AQSH politsiyasi saylov arafasida yuz beradigan ehtimoliy zo‘ravonlik xavfining oldini olish chorasini ko‘ryapti. “Politico” nashri rasmiylar va ekspertlarga tayanib, shunday yozdi:

– Saylov kuni yaqinlashgan sari butun mamlakat bo‘ylab politsiya va sheriflar saylov komissiyasi xodimlariga nisbatan kuch ishlatish, ovoz berish uchastkasida tartibsizlik keltirib chiqarish va saylovchilarni qo‘rqitish bilan bog‘liq tahdidlarning oldini olishga hozirlik ko‘rmoqda. Gap shundaki, AQSHda saylov davrida  tahdid, bezorilik va zo‘ravonlik yuzaga kelishi oddiy holga aylanigan.

Xullas, bir qo‘shiqda aytilganidek, “hamma harakatda”.

“Kim prezident bo‘ladi?” Bu savolga uzil-kesil javob 5 noyabrdan keyin ayon bo‘ladi. O‘shanda nafaqat amerikaliklar, balki buyuk va sehrli diyordagi siyosiy jarayonga befarq bo‘lmagan dunyo ahli ham mamlakat boshqaruvi kimning qo‘liga o‘tishini bilib oladi.

Saidmurod Rahimov, O‘zA sharhlovchisi