“O‘lim sporti” — omad va baxt “sinovi”…

Dunyoda insonlarni salomatlik va birdamlikka chorlovchi sport turlari ko‘p. Shuningdek, har bir millatning o‘ziga xos milliy sport o‘yinlari mavjud. 

Ammo hayvonlarni azoblab, nobud qilish, bu ham yetmagandek, inson sog‘ligiga emas, faqat mablag‘ni deb o‘z joniga xavf soluvchi sport turlari bilan shug‘ullanish aqlga sig‘maydi. Shunday xavfli sport turlaridan biri Ispan milliy sport o‘yini Korridadir…

MА’LUMOT: Ispan milliy tomoshasi Korrida — ispancha “corrida de toros” — buqalarning chopishi ma’nosini bildiradi.

Korrida o‘yini XI asrdan buyon ma’lum bo‘lib, bunda ishtirok etganlar sharaflangan. Ammo o‘yin oqibatida deyarli har kuni torrerolar o‘lim bilan yuzma-yuz bo‘lishgan. XVIII asrga kelib korrida sirk tomoshasi sifatida keng ommaga ham namoyish etila boshlangan.

Keyinchalik korrida ispan dvoryanlarining dovyuraklik darajasini sinash va shakllantirishda qo‘l kelgan. Unda 12-14 kishidan iborat guruh ishtirok etadi. Bu kishilar ispanchada torerolar deb yuritiladi. Torerolar buqani yarqiragan latta bilan qo‘zg‘atadi. Pikadorlar esa nayzalarni buqaga sanchib, uni battar g‘azablantiradi.

Darhaqiqat g‘azablangan buqa quturib, ishtirokchilarni jarohatlashdan tap tortmaydi. Bu esa qaysidir ma’noda tomoshabinlarga zavq bag‘ishlar ekan. Asosiy ijrochi — matadorning buqa bilan jang o‘yini buqani o‘ldirish bilan yakun topadi. Bu o‘yin Ispaniya, Janubiy Fransiya va Lotin Amerikasi mamlakatlarida tarqalgan. Bugungi kunga kelib ushbu mamlakatlarda korrida o‘yini ustida katta mablag‘lar tikilib, qonli buqalar jangi shou tarzda o‘tkaziladi.

KATTA MABLAG‘ UCHUN JONINI TIKKANLAR…
Korrida sportida ishtirokchilar o‘zo‘yinlari orqali omadini va baxtini sinovdan o‘tkazadi. Bunga asos bor desak ham bo‘ladi. Boisi quturgan buqadan qochib qutulish baxt olib kelishini bilmadig-u ammo omadli insonlarginabunda omon chiqishiga ishonsa bo‘ladi.

Ispaniyada jangari buqaga nafaqat oddiy hayvon balki o‘lim vakili va yulduz darajasiga ko‘tariladi. Buqa bilan “muomala”qiluvchi matador tomoshabinlar ko‘z oldida o‘z mahoratini ko‘rsatib, hurmat qozonishi lozim.

Matador bilan birga “ishlovchi” buqa 4 dan 6 yoshgacha bo‘lishi lozim. (Ot bilan uyushtiriladigan korridada, 2-4 yoshli, 450 kg.dan kam bo‘lmagan buqalar tanlab olinadi.)

Chunki shu yoshda buqalarning ayni kuchga to‘lgan payti bo‘lar ekan. Buqalarni arenaga chiqarishdan oldin matodor buqaning xarakterini o‘rganish uchun u bilan ancha mashq qiladi, aks’holda matador undan himoyalanishi qiyin. Bu o‘yinda buqaning bo‘yin ustiga maxsus ishtirokchi o‘yinchilar tomonidan nayzalar tiqilib holsizlantiriladi va matador uni o‘ldiradi. Korrida o‘yinida matador anchagina ayyor va xushyor bo‘lishi lozim.

Matador — ispancha torreroning birlik shakli bo‘lib, “Buni o‘ldiruvchi” ma’nosini anglatadi. Matador bo‘lish uchun bolalar 10-12 yoshdan boshlab tayyorlanadi.

“AJAL” ARЕNALARIDA HAQIDA…
Korrida sporti paydo bo‘lgan paytda o‘yin keng va ochiq maydonlarda o‘tkazilgan. 1733 yilga kelib Ispaniyaning Sevilya shahrida buqalar jangi uchun aylana shakldagi maxsus korrida maydoni qurilgan. Maydon “La Maestransa” nomini olgan.

Tuzilishiga ko‘ra maydon Rim gladiatorlar jangi o‘tkaziladigan joyni eslatadi. Korridaning vatani Ispaniyada xususan Madridda XVIII asrda yashagan matador ayol Paxuelera nomi haligacha kishilar yodida. Keyinchalik bu o‘yinda ishtirok etish ayollar uchun butunlay man etilgan.

1974 yilga kelib ularning korridada ishtirok etish huquqi qayta tiklangan. Ammo bugungi kunda korrida arenalariga ayollar kam kamdan-kam hollardagina chiqadi. Albatta dovyuraklikda erkaklardan qolishmaydigan nozik ko‘rinishli ayollarni buqalar jangida ko‘rsangiz, albatta siz ham hayratlanasiz.

2.jpg
NOBUD BO‘LAYOTGAN JONLAR…
Ushbu sport ortidan mablag‘ orttirish o‘z yo‘ligadir, ammo insonlar va hayvonlarning bu sport ortidan ko‘rayotgan jabrini tushunish uchun aqldan tashqari vijdon ham muhim sanalsa kerak?!

Maydondagi hukizning jazavasidan ot mingan sportchi qochishga ulgurgan taqdirda ham, ko‘p hollarda otlarning qattiq jarohat olishiga va hatto o‘limiga ham sabab bo‘ladi.
Har yili Ispaniya, Fransiya va Portugaliyada 6 minga yaqin sportchilar korrida uyinida ishtirok etishadi. XIX-XX asr mobaynida Ispaniyada ko‘plab sportchi matodorlar aynan korrida uyini oqibatida halok bo‘lgan. Madrid shahridagi “Las-Ventas” korrida o‘yin maydoni yonidan korrida o‘yinida halok bo‘lgan sportchilar xotira maydoni barpo etilgan.

Qaysidir ma’noda bu sport turi insonlar va hayvonlarni asossiz nobud qilish deyilsa, yana bir tomoni – xalqona tilda aytganda, to‘qlikka sho‘xlikdek tuyuladi.
3.jpg

 

Abdulaziz Rustamov