Osiyo O‘yinlari: Futbol bo‘yicha terma jamoamiz tarkibi

Indoneziya mamlakatida o‘tadigan XVIII Osiyo O‘yinlari boshlanishiga ham 22 kun qoldi.
O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi kunda, kunora ushbu nufuzli musobaqada yurtimiz sharafini himoya qiluvchi sport turlari vakillari nomini chop etib bormoqda.
Bugun, futbol bo‘yicha bahslarda yurtimiz sharafini himoya qiladigan futbolchilar ro‘yxati e’lon qilindi. Demak, Jakartaga yo‘l oladigan futbol terma jamoamiz tarkibi:
Darvozabonlar – Botirali Ergashev, Rahimjon Davronov.
Himoyachilar – Rustamjon Ashurmatov, Hojiakbar Alijonov, Dostonbek Tursunov, Akramjon Komilov, Abbosjon Otaxonov, Islomjon Qobilov.
 
Yarim himoyachilar – Xurshid G‘iyosov, Azizjon G‘aniyev, Jasurbek Yaxshiboyev, Javohir Siddiqov, Ikromjon Aliboyev, Azizbek Turg‘unboyev, Jaloliddin Masharipov, Doniyorjon Narzullayev, Odiljon Hamrobekov.
 
Hujumchilar – Bobir Abdiholiqov, Zabihillo O‘rinboyev, Andrey Sidorov.
 
Bosh murabbiy – Ravshan Haydarov
Katta murabbiy – Miraziz Mirzaahmedov
Darvozabonlar murabbiyi – Vyacheslav Tomilin
Jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy – Jamshid Umarov
Murabbiy – Shuhrat Asatov
Shifokor – Alisher Oripov
Massajchi – Islombek Usmonov
Operator – Jamoliddin Solihov
Koordinator – Sarvar Tojiyev.

 

Oybek Yunusov, O’zA