O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi tashabbusi “Parij-2024” Olimpiadasi chempioni Diyora Keldiyorova yosh dzyudochi qizlar uchun mahorat saboqlarini o‘tkazdi. “Judo Girls” klubi tarbiyalanuvchilari bir soatdan oshiqroq vaqt davomida tashkil etilgan mahorat darsi dzyudoga mehr qo‘ygan yosh qizaloqlar qatori Diyoraga ham bir olam zavq ulashdi.

O‘zbekiston tarixida ilk bor Olimpiada chempioni nomiga sazovor bo‘lgan dzyudochi qizimiz bilan mashg‘ulotlarda ishtirok etgan barchinoylarimiz orasidan kelajakda Diyoradek chempionlar yetishib chiqsa ajabmas.

T.Ro‘ziyev, O‘zA