Makaoda ushu bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan X Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar sovrindorlar qatoridan joy egalladi.
O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, ikki karra Osiyo o‘yinlari va jahon chempionati sovrindori Darya Latisheva Makaoda tashkil etilgan qit’a chempionatida ikkita medalni qo‘lga kiritdi.
24 yoshli Darya Latisheva ushuning nangun yo‘nalishida bronza va nandao bahslarida kumush medalga ega chiqdi.
Osiyo chempionatida yurtimiz sharafini himoya qilgan Saydullo Abdurashidov sanda yo‘nalishining -56 kilogramm vaznida bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA